🌙 Boshni tushda ko’rish
Odatdagidan kattaroq ko’ringan boshning ziyoda sharafga, kichik boshning nuqsonga dalolat qilishi.
Bir nechta boshi borligini ko’rgan turmushga chiqmagan bo’lsa, uylanishga, chiqqan bo’lsa, dushmanga g’olib kelishga.
Ochiq ko’ringan bosh gunoh va ma’siyatga. Rüyoda bosh kesish, rüyoda boshning kesilishi pensiyaga chiqishga, moddiy mustaqillikka. Bosh pastga osilgan holda ko’rish, ta’nalarga to’la hayotga. Rüyoda guruh ichida boshni pastga egish gunoh qilishga.
Qo’lida bir yoki undan ortiq kesilgan odam boshlari borligini ko’rish, mansabga.
O’z boshining kesilganini va uni yerdan olib ketayotganini ko’rish, mansabdan ayrilishga.
Boshning arslon boshiga aylanishi mulkka. Eshak, ot, it va hokazo boshiga aylanishi mashaqqatga.
Rüyoda boshning qush boshiga aylanishi ko’p safarga.
Rüyoda boshning qo’y boshiga aylanishi itoatkor bo’lishga yoki miqdori belgilangan molga. Kuchli hayvonlardan birining boshiga aylanishi ahvolingizning kuchlanishiga, zaiflarinikiga aylanishi esa ishlarning orqaga ketishiga.
Boshdagi yara kasallikka. Unga surtilgan atir va yog’ ishning va harakatning go’zalligiga. O’z boshini qo’lga olish qarzdor bilan kelishuvga. Kesilgan boshni yana o’rniga qo’yish shahodatga. Bosh ba’zan boshliqqa, olimga, ota-onaga dalolat qiladi. Boshning kal bo’lishi mashaqqat bilan topilgan va unda xayr bo’lmagan molga. Kal ayol boshini ko’rish qirg’oq yiliga. Boshning bog’langan ko’rinishi shamollashga yoki yomondan uzoq turishga dalolat qiladi.
Rüyoda ko’rilgan, tanadan ajralgandek tuyulgan tirik bosh, muhim bir shaxsning xayolga ham keltirilmagan harakati sababli hamma narsaning chalkashib ketishiga ishora. Rüyoda biror kimsaning boshini uzish, o’sha kimsaga yordam berish demakdir. Bosh kesilgan kishi ham muhim bir shaxsdan yordam oladi.
Biror kimsaning yordami bilan moddiy muammolaringizni hal etishingizga talqin qilinadi.
Rüyoda bosh ko’rish, o’n ikki xil ma’noga talqin qilinadi: 1) Jamoatning boshi va kattasi. 2) Ota. 3) Ona. 4) Imom, peshvo. 5) Yuqori mansab. 6) Olim. 7) Mol. 8) Farzand. 9) Erkak xizmatkor. 10) Ayol xizmatkor. 11) Zavja (xotin). 12) Inson uchun oson hayot kechirish.
Rüyoda qo’lida kesilgan bosh ko’rish, buyuk bir zotning e’tiboriga sazovor bo’lishga, uning qo’li bilan xayr va manfaat eshiklarining ochilishiga dalolat qiladi.
Biror kimsaning rüyoda o’z boshini kattalashgan ko’rishi, otasining shon-shuhratining ortishiga ishoradir.
Yana rüyoda o’zining ikki yoki uch boshi borligini ko’rish, dushmanga g’olib kelishga va boylikka dalolat qiladi.
Rüyoda bo’ynining urilganini ko’rish, katta mol va boylikka ishoradir. O’z boshini o’z qo’lida ko’rish, yuksaklik va ulug’vorlikka dalolat qiladi.
Doniyol alayhissalom aytganlar: «- Rüyoda bosh ko’rish millatning kattasiga dalolat qiladi. Qo’lida kesilgan bosh borligini ko’rish, bir katta zotning himoyasi bilan qo’lga kiritiladigan manfaatga va xayr eshiklariga ishoradir.»
Abu Said al-Vaaz aytganlar: «- Rüyoda boshning kattalashganini ko’rish, sharaf va izzatning ortishiga, kichrayganini ko’rish esa buning aksi o’laroqdir.»
Biror kimsaning rüyoda boshini tandirga tiqqanini ko’rishi, unga foydasi bo’lmaydigan odamlar bilan do’stlashishiga ishoradir.
Rüyoda o’z boshi bilan gaplashganini ko’rish, xayr va saodatga hamda ne’matga dalolat qiladi.
Har narsaning bir sharafi bo’lgani kabi, tananing ham eng sharafli a’zosi boshdir. Shu sababli rüyoda bosh ko’rish: mansabga, ota-onaga, ustozga, davlat rahbariga va xayrli ishlarga dalolat qiladi.
Rüyoda qo’lida ko’p kesilgan boshlar borligini ko’rish, xalqning unga bo’ysunib, har jihatdan itoat etishiga dalolat qiladi.
Yana rüyoda biror kimsaning boshini ezib yeyotganini ko’rish, davlat kattalaridan birining g’iybatini qilishga va ba’zi joylardan unga keladigan molga ishora.
Rüyoda boshning it, eshak yoki ot boshiga aylanishini ko’rish, siqilish va mashaqqatga dalolat qiladi. Boshining qush boshiga aylanishini ko’rish esa, ko’p safarga talqin qilinadi.
Rüyoda o’z boshini yo’qotganini ko’rish, boshning dalolat qilgan kimsasini yo’qotishiga ishoradir.
Imom Nablusiy rahmatullohi alayh aytganlar: «- Rüyoda boshining kesilganini, darhol uni olib yana o’rniga qo’yganini, tezda eski holiga kelganini ko’rish, Alloh yo’lida g’azoda o’lishga ishora.»
Rüyoda nayza, do’mbira yoki tayoq ustida bosh ko’rish, shoni ulug’ peshvoga dalolat qiladi.
Davlat rahbarining rüyoda boshida suyagi borligini ko’rishi, saltanati va quvvatining ko’pligiga. Boshining qo’chqor boshiga o’xshashligini ko’rishi esa adolat va insofiga, it boshiga o’xshashligini ko’rishi esa zulumiga dalolat qiladi.
Rüyoda bir sulton yoki bir hokim tomonidan bo’ynining urilganini ko’rish, xafa bo’lish va qayg’udan qutulishga ishoradir.
Boshining o’zidan ajralganini ko’rish, sarmoyaning qo’ldan ketishiga ishoradir.
💭 Boshqa tush ta’birlari: Tush ta’biri lug’ati
📢 @uzbek_burjlar | 🤖 @uzbek_burjlar_bot
Bu tushni qaysi burjlar ko’rishi mumkin?
Ushbu tush O’qotar (Qavs) ♐ | Qo’y (Hamal) ♈ | Qisqichbaqa (Saraton) ♋ burjlari uchun alohida ahamiyatga ega. Bugungi bashoratni ko’ring:
Qo’y (Hamal) ♈ Buzoq (Savr) ♉ Egizaklar (Javzo) ♊ Qisqichbaqa (Saraton) ♋ Arslon (Asad) ♌ Parizod (Sunbula) ♍ Tarozi (Mezon) ♎ Chayon (Aqrab) ♏ O’qotar (Qavs) ♐ Tog’ echkisi (Jadiy) ♑ Qovg’a (Dalv) ♒ Baliq (Hut) ♓







