Orqa (dum) haqida tush ko’rish

🌙 Orqa (dum) haqida tush ko'rish — tush ta'biri va tahlili. Er, mol-mulk, sirlarni yashiruvchi kishi, yaqinlar, turiladigan joy yoki nogorachi va zurnachi, aqldan ozgan kishi, noqulay sharoitlarda bunday narsa...

🌙 Orqa (dum) haqida tush ko’rish

Er, mol-mulk, sirlarni yashiruvchi kishi, yaqinlar, turiladigan joy yoki nog‘orachi va zurnachi, aqldan ozgan kishi, noqulay sharoitlarda bunday narsaning bo‘lishi, keraksiz va befoyda mol va pul sarflashga talqin qilinadi. Orqa – insonning hamyoni, sandiq, ombor, do‘kon yoki majlisga; asosda ko‘rilgan o‘zgarishlar esa, yuqorida sanab o‘tilgan narsalarda yuz beradigan yaxshilikka, ammo undan foydalaniladigan kimsaga talqin qilinadi.

Tushda ko‘rilgan orqa – er va mol-mulk bilan talqin qilinadi. Orqa – pastkash kishidir. Ba’zi talqin qilib beruvchilar orqa – nog‘orachi va zurnachi kimsadir, ba’zilari esa ba’zi yaqinlardir, deganlar. Ba’zi talqin qilib beruvchilar ham orqa – sirlarni yashiruvchi kimsadir, deb aytganlar. Biror kishi tushida bir odamning orqasini ko‘rsa, agar o‘sha odam yosh bo‘lsa, tush ko‘rgan kishi o‘sha kimsadan yuz ko‘rmaydi. Agar tanish bir chol bo‘lsa, o‘sha odam tush ko‘rgan kishini o‘zidan keyin qoldiradi. Agar chol notanish bo‘lsa, bilmagan va tushunmagan tarafdan baxtsizlikka uchraydi. Biror kishi tushida onasining orqasini ko‘rsa, agar hajga ketyotgan bo‘lsa, haj ibodati buziladi. Hajga ketmayotgan bo‘lsa, tirikchiligida sustlashuv va daromadning istagiga teskari bo‘ladi. Biror kishi tushida birining orqasini ko‘rsa, o‘sha kishi xunuk va yoqimsiz yuz ko‘radi. Qancha ko‘p orqadan qon va axlat chiqqanini ko‘rsa, chiqqan qon va axlat miqdorida undan mol chiqishiga ishoradir. Ba’zi talqin qilib beruvchilar orqa – aqldan ozgan odamdir, deganlar. Bilinmagan ayolning orqasini ko‘rish, uni ko‘rgan kishidan dunyoning o‘zgarishiga ishoradir. Orqadan qurti chiqqanini ko‘rgan kishi oilasidan ayriladi. Biror kishi tushida bir ayolga orqadan jinsiy aloqa qilayotganini ko‘rsa, o‘sha kishi usulsiz ravishda bir narsani talab qiladi. Ba’zan orqa – azob, kasallik yoki urilishdan kishiga keladigan narsalarga, katta ishlardan yuz burishga, ba’zan esa egasining itoati va itoatsizligiga ishoradir. Ba’zan ham tush ko‘rgan kishining siri ochilishiga, axlatlarini tozalaydigan xizmat-chisiga, undan chiqadigan yaxshi yoki yomon so‘zga ishoradir.


💭 Boshqa tush ta’birlari: Tush ta’biri lug’ati
📢 @uzbek_burjlar | 🤖 @uzbek_burjlar_bot

Rate article
Add a comment