🌙 Tushda baliq boqish nimani anglatadi?
**Baliq bilan boqish:** Tush ko‘ruvchi yetim-yesir va muhtojlarga ehson qilishiga va ularga g‘amxo‘rlik qilishiga dalolat qiladi.
**Soni ma’lum baliqlar:** Ayollarga ishora.
**Soni noma’lum, ko‘p baliqlar:** Ganimidan (jangda olingan o‘lja) topiladigan mol-davlatga ishora.
Agar biror kishi dengiz va daryolarda to‘plangan katta va yangi baliqlarni istagancha tutayotganini, yeyotganini yoki taqsimlayotganini ko‘rsa, dengizdan tutgan baliqlari miqdoricha ganimidan mol-davlatga ega bo‘ladi.
**Buloqlarda baliq ovlash:** Har qanday holatda ham loyqa suvlarda baliq ovlashda xayr yo‘q.
**Sada ichida baliq tutish:** Bu tush ko‘ruvchi xushnud bo‘ladigan bir gap eshitishiga dalolat qiladi.
**Katta baliq tutish:** Foyda va xayrga ishora.
**Kichik baliq tutish:** Zavq va manfaatlarning ketishiga ishora.
**Sazan baliqni ko‘rish:** Turmush qurishni istagan va biror kishi bilan hamkorlik qilishni o‘ylagan kishi uchun xayrga ishora. Umid va istaklarga, bu turdan bo‘lmagan narsalarga dalolat qiladi.
**Manbalardagi baliqlar:** Oson xayrga ishora.
**O‘lik baliqni ko‘rish:** Yomon va jirkanch ishlarga, ayniqsa, tugallanmagan va amalga oshmagan umid va istaklarga ishora.
**Tirigi baliqni ushlab, yeyish:** Manfa’at topishga dalolat qiladi.
**Yotgan joyida baliq ko‘rish:** Dengiz safarida bo‘lganlar va bemorlar uchun ahvolining yomonlashishiga ishora. Dengiz safarida bo‘lgan kishi uchun yotgan joyida baliq ko‘rishi – mushkulotga tushib qolishidan va cho‘kib ketishidan qo‘rqishga dalolat qiladi.
**Tuzlangan baliq:** Xayrli va doimiy mol-davlatga ishora.
**Jinsiy a’zodan baliq chiqishi:** Agar xotin homilador bo‘lsa, qiz farzand ko‘rishiga dalolat qiladi.
**Qovurilgan baliq:** Taklifga javob berishga ishora. Ba’zi ta’birchilar, qovurilgan baliq – ilm o‘rganish uchun qilinadigan safardir, deyishgan.
**Katta baliqlar:** Mol va ganimatdir.
**Kichiklari:** Xafagarchilik va g‘amdir.
**Katta baliq tutish:** Islomga qarshi chiqqan, isyonkor va zolim kimsaning halok bo‘lishiga ishora.
**Baliqchidan baliq sotib olish:** Turmush qurishga ishora.
**Yaxshi taomni tashlab, sassiq baliqni yeyish:** Zino qilishga dalolat qiladi.
**Havuz ichida yoki suv to‘plangan joyda katta baliq qidirib, uning qochib ketishini ko‘rish:** Qarzdor kishi, qarzdorligini inkor etadi. Va o‘sha qarzni zo‘rlik bilan undirib oladi.
**Quruqlikda baliq ovlash:** Fuhsh (bema’ni ish) qilishdir. Ba’zi ta’birchilar, bu tush – xushnudlikka sabab bo‘ladigan xabardir, deyishgan.
**Tikanli baliq tutish:** Mustahkam joyda saqlangan, zakoti berilmagan kumush yoki oltiniga ishora.
**Qo‘li o‘qtalgan (qurollangan) baliqni ko‘rish:** Dushmanga yordam berishga, ba’zan tush ko‘ruvchi yomon kimsalarga duch kelishiga ishora.
**Baliqning tuzli dengizdan shirin dengizga, tuzsiz dengiz baliqining esa tuzli dengizga o‘tishini ko‘rish:** Askarlar orasidagi isyonga yoki odatdagi zolimlikka, yoki bid’at (dindagi yangilik) chiqishi bilan barcha odamlar orasida yuzaga keladigan ixtilofga ishora.
**Baliqning suv ustiga chiqishi:** Ishlarning osonlashishiga, uzoq narsalarning yaqinlashishiga, sirlar va yashirin narsalarning ochilishiga yoki merosdan olinadigan molga ishora.
**Baliqning insonga va qushga o‘xshashi:** O‘xshashligi ta’birda e’tiborga olinadi. Agar o‘xshashlik yaxshi narsa bo‘lsa, tush ko‘ruvchining axloqi yaxshi bo‘ladi. Agar o‘xshashlik yomon narsa bo‘lsa, tush ko‘ruvchining axloqi ham yomon bo‘ladi.
**Dengizning chuqur joylaridan baliq tutish:** Kasbida shuhrati ortadi va foydali rizq qo‘liga tegadi. Agar dengiz ochilsa va undan bir baliq olib yetsa yoki bir javohir topib olsa, u kishi Laduniy ilmga muttali bo‘lib, to‘g‘ri yo‘lga kiradi. Bu holda uning oxirati yaxshi bo‘ladi. Agar baliq dindan chiqib, yana dengizga kirsa, u shaxs va illar bilan suhbat va do‘stlik qiladi. Agar o‘sha kishi safarga chiqishni istasa, do‘st topadi, keyin o‘z joyiga salomat qaytadi.
**Tozalamasdan baliqdan biror narsa yeyish:** Xalqning sha’ni va nomusi haqida gapirishga, nohaq ravishda xalqning molini olish uchun hiyla qilishga dalolat qiladi. Ba’zan bu tushni ko‘rish zinoga va falaj kasalligiga ishora.
**Baliqni quruqlikda topish:** Dengiz safaridan olingan daromadining quruqlikdagi daromadga aylanishiga ishora. Agar tadbirkor bo‘lsa, oila va qarindoshlarini bir yerga to‘playdi.
**Ba’zan baliq ko‘rish:** Suvchilar, gemicilar, sho‘ng‘uvchilar va suzuvchilar kabi hayot kechirishlari suvdan bo‘lgan kimsalarni ko‘rishga ishora.
**Bir kimsaga osmondan qovurilgan baliq tushishi:** O‘sha kimsaning duosining qabul bo‘lganligi xabariga, dushmaniga g‘alaba qozonishiga, qadar va shonining baland bo‘lishiga ishora. Ba’zan ham baliq ko‘rish – g‘am, tashvish, mushkulot, kasallik, qattiq xabarlar va o‘zi turgan joyda o‘lishiga ishora.
**Katta baliq ko‘rish:** Qasamga ishora. Ba’zan katta baliq – solihlar ibodatxonasiga va obidlar masjidiga ishora. Ba’zan ham katta baliqni ko‘rish – g‘am va siddatdan mansabning ketishiga va g‘azabning kelishiga ishora.
**Delfin (yunus) baliqni ko‘rish:** Qo‘rqqan kishi uchun xotirjamlikka, faqir uchun boylikka, siddat (qiyinchilik) holatida bo‘lgan kishi uchun mulkka ishora.
💭 Boshqa tush ta’birlari: Tush ta’biri lug’ati
📢 @uzbek_burjlar | 🤖 @uzbek_burjlar_bot
Bu tushni qaysi burjlar ko’rishi mumkin?
Ushbu tush Baliq (Hut) ♓ | Qisqichbaqa (Saraton) ♋ | O’qotar (Qavs) ♐ burjlari uchun alohida ahamiyatga ega. Bugungi bashoratni ko’ring:
Qo’y (Hamal) ♈ Buzoq (Savr) ♉ Egizaklar (Javzo) ♊ Qisqichbaqa (Saraton) ♋ Arslon (Asad) ♌ Parizod (Sunbula) ♍ Tarozi (Mezon) ♎ Chayon (Aqrab) ♏ O’qotar (Qavs) ♐ Tog’ echkisi (Jadiy) ♑ Qovg’a (Dalv) ♒ Baliq (Hut) ♓







