Tushda bo’yin ko’rish

πŸŒ™ Tushda bo'yin ko'rish β€” tush ta'biri va tahlili. Normal, soglom va tola boyin qiyin va ogir ishlarning uddasidan chiqishga, moliyaviy ahvolning yaxshilanishiga, zaif, yarali yoki shaklan xunuk bo...

πŸŒ™ Tushda bo’yin ko’rish

Normal, sog’lom va to’la bo’yin qiyin va og’ir ishlarning uddasidan chiqishga, moliyaviy ahvolning yaxshilanishiga, zaif, yarali yoki shaklan xunuk bo’yin qarzdorlikka, pastkashlikka va qo’rquvga, ensani(bo’yini) qirqish qarzini to’lashga, birining ensasiga(bo’yniga) diqqat bilan qarash o’sha kimsaning aybini qidirishga dalolat qiladi.
Tushda bo’yin ko’rish ma’naviy qarzdorlikka ishoradir. Tushda bo’yin ko’rish qarzini tezda to’lashiga, ensasiga(bo’yniga) bir yara yoki chirik bo’lganini ko’rish, zimmasiga olgan ishni qilmasligiga, ensasida(bo’ynida) bir qush ko’rish, agar qush chiroyli qush bo’lsa, xayr va yaxshilikka, agar yoqimsiz jinsdan qush bo’lsa, yomonlik va gunohga dalolat qiladi. Tushida dushmanning ensasiga(bo’yniga) minib ketayotganini ko’rish ayblanadigan ishni qilajagiga, dushmanning o’z bo’yniga minib olganini ko’rish mashaqqat va azob chekishiga, ensasi(bo’yni)da biror narsa ko’tarayotganini ko’rish, qarz bilan ta’bir qilinadi. Ensasida(bo’ynida) oltin va kumush kabi biror narsa ko’tarayotganini ko’rish ham dunyoni yelkasida ko’tarib yurganiga, temir va qo’rg’oshin kabi biror narsa ko’tarayotgan bo’lsa, gunohga, yelkasiga egilgan ilon ko’rish esa, zakot bermaganiga dalolat qiladi. Ensasi(bo’yni)ning qalinlashganini ko’rish, quvvatining ortishiga, dushmaniga ustun kelishiga, bir rivoyatga ko’ra ko’p mol topishiga dalolat qiladi. Boshqa rivoyatga ko’ra: Tushda bo’yin mulkka ishoradir. Tushda bo’yin ko’rish, yomonlash, ilgarilash, orqaga ketish, izzat, pastkashlik yoki qarz kabi odamning orqasidan aytiladigan narsalarga ishoradir. Bo’yinning qalin va oq yoki xushbo’y yoki tiniq va yorqin nur yoki temirdan bo’lishi kabi, xayrga ishorat qiladigan bir narsaning sodir bo’lganini ko’rish, shukr qilishiga ishoradir. Agar bu tushni ko’rgan vasiy bo’lsa, qadri yuqori bo’lur yoki qarzini to’laydi. Agar ensasini(bo’ynini) pastga eggan yoki ensasida(bo’ynida) yara, chirik yoki zanjir kabi biror narsa borligini ko’rsa, bu tush o’sha kimsaning haqir, past, qo’rqqan bo’lishiga va qarzdor bo’lishiga dalolat qiladi. Ba’zan ko’rilgan bo’yin, kimsaning ayb va kamchiliklarini bilishiga ishoradir. Bir kishi tushda ensasi(bo’yni)ning qalin ekanligini ko’rsa, o’sha kimsaning o’zi haqida Alloh (C.C.) taqdir qilgan narsaga sabr va chidamlilik ko’rsatishiga ishoradir. Tushda ensasi(bo’yni)ning qalinligini ko’rgan kishi qochadi. Tushda ensasi(bo’yni)da qili borligini ko’rgan kimsaning, mol-mulki bo’lsa-da qarzdor ekanligiga, agar ensasi(bo’yni)da qili bo’lmasa, uning bankrot bo’lganiga ishoradir. Tushda ensasini(bo’ynini) qirqdirganini ko’rgan kishi, zimmasidagi omonatni o’rniga topshiradi va qarzini to’laydi.


πŸ’­ Boshqa tush ta’birlari: Tush ta’biri lug’ati
πŸ“’ @uzbek_burjlar | πŸ€– @uzbek_burjlar_bot

Rate article
Add a comment