Tushda chigirtka ko’rish

3986 tush ta'biri Tush ta'biri
πŸŒ™ Tushda chigirtka ko'rish β€” tush ta'biri va tahlili. Tushda chigirtka korish, janjal, balo, kop soz, yomgir va boron bilan talqin qilinadi. Bir joyda chigirtka toplamini korish, yogadigan gazabg...

πŸŒ™ Tushda chigirtka ko’rish

Tushda chigirtka ko’rish, janjal, balo, ko’p so’z, yomg’ir va bo’ron bilan talqin qilinadi. Bir joyda chigirtka to’plamini ko’rish, yog’adigan g’azabga, o’sha hudud odamlarining duch keladigan musibatiga ishoradir. Tushda chigirtkalarning ekin maydonlariga zarar bermayotganini ko’rish, xursandchilik va rohatga ishoradir. Tushda havoda uchayotgan chigirtkalarni ko’rish, askarlarga, haddan tashqari yog’inlarga, umumiy falokatga, azob va qiynalishga ishoradir. Ko’p chigirtka suruvlarini ko’rish, fitna va chalkashlikka ishora qiladi. Tushda chigirtka suruvlarining kelayotganini ko’rish, yaqinlashib kelayotgan azobga ishoradir.
Quyosh nuriga to’sqinlik qilmaydigan va osmonda qora massa hosil qilmaydigan chigirtka suruvlarini ko’rish, barokatli yomg’irlarga ishoradir. Ekin dalalarida ko’rilgan chigirtkalar, falokatga, qotilga, ishsizlikka va qiyin kunlar kechirishga ishoradir. Tushda chigirtka ko’rish yaqin falokatning xabarchisi sifatida uyg’otadi. Shu bilan birga, ilohiy adolatning qaror topishini ko’rsatadigan bir uyg’onish hisoblanadi. Chunki chigirtka Muso (a.s.) mo’jizalaridan biridir.
Tushda chigirtka tutish va yeyish, xayrga, manfaatga va molga ishoradir. Chigirtkalarni yig’ib bir idishga to’ldirganini ko’rish, tilla va kumushga, mol yig’ishga, daromadni oshirishga ishoradir. Tushda pishirilgan chigirtka ko’rish, tilla va kumush pullarga, mol va mulkka ishoradir. Chigirtka sotib olish, bir ayol bilan turmush qurishga ishoradir. Tushda sotib olgan chigirtkalarini bir kosaga yoki stakan ichiga qo’yganini ko’rish, boyligini bir ayol uchun sarflashiga ishora qiladi.
Tushda ustiga tilla chigirtkalar yog’ayotganini ko’rish, yo’qolgan obro’ning va yo’qolgan molning yaxshirog’ining Alloh (j.j.) tomonidan bandaga in’om sifatida berilishiga, g’am va qayg’udan qutulishga ishoradir. Tushda yerda yurayotgan va uchmayotgan chigirtka ko’rish, zarar yetkazishga qodir bo’lmagan dushmanga ishoradir.
Osmonosmonda ko’rilgan va bulut kabi uchayotgan chigirtka surusi, o’sha hududga keladigan azob va yetadigan g’amga, Yer yuzida ko’rilgan, yurayotgan, ammo ucholmayotgan chigirtka, zarar berish imkonini topolmagan dushmanga, Zararsiz ko’rilgan chigirtkalar qo’rquv va qiynalishdan qutulishga, Chigirtka yeyish rizqga, Ularni bir idish ichida ko’rish naqd pullarga, Quyosh nuriga to’sqinlik qilmaydigan va qora bulut massasi hosil qilmaydigan chigirtka suruvlari yomg’irga dalolat qiladi. Chiqimdor tanish, xayrsiz do’st sifatida talqin qilinadi.
Tushda chigirtka ko’rish sabotsizlik bilan talqin qilinadi. Tushingizda bir dalaga chigirtka surusi qo’nganini ko’rish, ishingizdan ayrilishiga, savdogar bo’lsangiz tijoratingizni tark etishingizga, turmush qurgan bo’lsangiz juftingizdan ayrilishiga ishoradir. Bir chigirtkani qo’lingizga olganingizni ko’rish, boshqa bir ishga kirishingizga yoki tijoratni boshlashingizga dalolat qiladi. Boshqa bir rivoyatga ko’ra: Tushda chigirtka, azob va Allohning askaridir. Tushda bir joyda chigirtkaning chiqqanini yoki azob va zahmat berib osmonda uchganini ko’rish, o’sha yerga yog’adigan yomon askar yoki zararlik yomg’ir yog’ishiga ishora qiladi.
Tushda chigirtkaning kelayotganini ko’rish, Allohning azobining kelishiga dalolatdir. Tushda bir joyda chigirtka yeganini yoki chigirtkadan bir narsa olinganini ko’rish, ko’ruvchining rizqlanadigan bir rizqga ishoradir. Hech qanday zarar bermaydigan va hamma joyda ko’riladigan chigirtka g’am va qayg’uning ketishiga va baxtiyorlikka ishoradir. Hech qanday zarar bermaydigan va hamma joyda ko’riladigan chigirtka g’am va qayg’uning ketishiga va baxtiyorlikka ishoradir. Qora va ekinlarda ko’rilgan chigirtka halokatga, qiyinchilikka va ishsizlikka ishora qiladi. Tushda chigirtka ko’rilishi boshqa odamlar haqida yomon odam va yomon axloqli ayollarning unga rozilik berishiga ishoradir.
Bir dalaga chigirtka suruvining qo’nganini ko’rish, o’sha kishining ishidan ayrilishini, savdogar bo’lsa tijoratni tark etishini, turmush qurgan bo’lsa juftidan ajrashishini, boy bo’lsa qarzga kirishini ko’rsatadi. Tushda chigirtkaning kelayotganini ko’rish esa, bir tabiiy ofatning kelishiga ishora qilinadi.
Tushda hech qanday zarar bermaydigan va hamma joyda ko’riladigan chigirtka surusi ko’rish, tush egasining g’am va qiynalishlaridan qutulishiga va oilasi bilan baxtli umr kechirishiga ishora qiladi. Ba’zan ham chigirtka qo’lga kiritiladigan halol molning ramzidir. Tushda ko’rilgan kichik chigirtkalar oilada tug’iladigan kichik kelishmovchiliklar uchun ogohlantirish hisoblanadi. Ba’zan ham chigirtka surusi yomg’irni chaqirtiradi.
Ekin dalasida ko’rilgan chigirtka surusi ko’pincha xayr bilan talqin qilinmaydi. Chunki chigirtkalar ekinlarni yo’q qiladigan maxluqlardir. Bular ba’zan yo’ldan chiqqan ayollarni ramziy qiladi.


πŸ’­ Boshqa tush ta’birlari: Tush ta’biri lug’ati
πŸ“’ @uzbek_burjlar | πŸ€– @uzbek_burjlar_bot

Rate article
Add a comment