🌙 Tushda dengizga kirish nimani anglatadi?
1. Tushda dengizga kirish — dengizdek yuqori mansabli bir kishidan manfaat ko’rishiga yoyiladi. Tushida dengizga kirgan kishi katta lavozim egallaydi. Istak va orzulari bajariladi. Jabir Mag’ribiy shunday deydi: Dengizga kirayotganini ko’rish — ibodat qilish borasida Alloh tomonidan nasibaga erishishiga ishoradir. Dengizga kirib yuvinish — gunoh va xatolardan qutulishga, g’am va qayg’uning ketishiga dalolat qiladi.
Dengizga kirgan kishi davlat rahbarining huzuriga kiradi. Kirgan dengizidan suv ichgan kishi mulkka ega bo’lib, boy, uzoq umrli va kuchli bo’ladi. Tushda dengizga kirish — diniy hayotingizdagi go’zalliklarga ishora qiladi. Umuman olganda, davlat darvozasi oldida yaxshi mansabli tanish insonning yordami bilan foyda ko’rish tomonidadir. Dengizga kirishni istagan kishi davlat xizmatida bo’lishni orzu qiladi va shu nisbatda bunga muvaffaq bo’ladi. Tushda dengizga kirish ko’p mol yig’ishni ham ifodalaydi. Yoki Alloh o’sha kishiga shunday bir davlat beradiki, u davlat tufayli dengizdan kuchli va kengroq mol to’playdi. Dengizda yuvinayotganini ko’rgan kishi gunohlaridan qutuladi. Bir kishi dengizni bir chetidan ikkinchi chetiga yorib o’tayotganini ko’rsa, g’am va qayg’usi yo’qoladi va salomat bo’ladi.
Dengizda yuvinayotganini va tahorat olganini ko’rgan bemor bo’lsa, Alloh shifo beradi, qarzdor bo’lsa qarzini to’laydi, qiynalgan bo’lsa qiynalishi yo’qoladi, qo’rqqan narsalaridan xavfsiz bo’ladi. Qamoqda bo’lsa qamoqdan chiqariladi va yaxshiliklar uning oldiga chiqadi. Bundan tashqari, nopokliklardan tozlanishga ham ishora qiladi. Bu tush imonsiz uchun imonga, gunohkor uchun tavbaga va qasamga dalildir. Dengizga kirgan kishi davlat rahbarining huzuriga kiradi.
💭 Boshqa tush ta’birlari: Tush ta’biri lug’ati
📢 @uzbek_burjlar | 🤖 @uzbek_burjlar_bot
Bu tushni qaysi burjlar ko’rishi mumkin?
Ushbu tush Baliq (Hut) ♓ | Qisqichbaqa (Saraton) ♋ | Qovg’a (Dalv) ♒ burjlari uchun alohida ahamiyatga ega. Bugungi bashoratni ko’ring:
Qo’y (Hamal) ♈ Buzoq (Savr) ♉ Egizaklar (Javzo) ♊ Qisqichbaqa (Saraton) ♋ Arslon (Asad) ♌ Parizod (Sunbula) ♍ Tarozi (Mezon) ♎ Chayon (Aqrab) ♏ O’qotar (Qavs) ♐ Tog’ echkisi (Jadiy) ♑ Qovg’a (Dalv) ♒ Baliq (Hut) ♓







