Tushda favvora ko’rish

🌙 Tushda favvora ko'rish — tush ta'biri va tahlili. Sevinchli xabar, juda kop seviniladigan xushxabardir. Tushda favvora korish, gunoh ishlashdan saqlanishga dalolat qiladi. Havuzning favvorasini ko...

🌙 Tushda favvora ko’rish

Sevinchli xabar, juda ko’p seviniladigan xushxabardir.

Tushda favvora ko’rish, gunoh ishlashdan saqlanishga dalolat qiladi. Havuzning favvorasini ko’rish, o’sha yerda xayr va baraka borligiga ishora. Favvoradan ho’l bo’lib ketishni ko’rish, qilgan xayri bilan ko’p kishilarning duolarini olganiga dalildir. Favvora ba’zan bir ayol bilan ta’birlanadi. Tushida bir uyning bog’ida favvoralardan unga va gullarga suv sachrayotganini ko’rish, farzandlarining yaxshi maktabda o’qiyotganiga va ular bilan faxrlana olajagiga ishoradir. Boshqa bir rivoyatga ko’ra: Tushda favvora ko’rish, insonning gunoh ishlashdan saqlangan narsasiga ishora qiladi. Ba’zan favvora chiroyli ayolga ishora qiladi. Agar favvorada suv bo’lsa, o’sha ayol boydir. Agar favvoraning atrofida uy va oqar suv bo’lsa, o’sha ayol mol-davlat, xizmatchi va farzand egalik ayoldir. Ba’zan ham favvora uy egasining oila a’zolarining ehtiyojlarini qondirishga qodir bo’lgan kimsa yoki tush ko’rgan shaxsning nabira va farzandlariga ishora qiladi. Agar favvorada suv bo’lmasa, o’sha ayol faqir, dangasa, befoyda va farzand tug’maydigan ayoldir. Ba’zan ham favvora gunoh ishlashga va o’sha yerda yashovchilarda yuzaga keladigan qayg’u, g’am va siddatga ishora qiladi.


💭 Boshqa tush ta’birlari: Tush ta’biri lug’ati
📢 @uzbek_burjlar | 🤖 @uzbek_burjlar_bot

Rate article
Add a comment