Tushda gullagan daraxtni ko’rish nimani anglatadi?

🌙 Tushda gullagan daraxtni ko'rish nimani anglatadi? — tush ta'biri va tahlili. Mevsimida gullagan daraxtni tushda korish, xayr, manfaat va orzu-maqsadga yetishishdir. Daraxt gullarining yigilgan va uzilganini korish xayrli bo...

🌙 Tushda gullagan daraxtni ko’rish nimani anglatadi?

Mevsimida gullagan daraxtni tushda ko’rish, xayr, manfaat va orzu-maqsadga yetishishdir. Daraxt gullarining yig’ilgan va uzilganini ko’rish xayrli bo’lsa ham, daraxtning ustida bo’lgani kabi yaxshi emas. Tushda oq gullagan daraxtlarni ko’rish qizildan va qizili esa saridan ko’ra xayrlidir.

Ibn Shiringa ko’ra: Anor guli kelin, yangi juft; olxo’ri, shaftoli, o’rik, nok va behi gullari tush ko’rgan kishi eshitadigan yaxshi so’zlar bilan talqin qilinadi. Buning o’lchovi daraxtning baland-pastligi va go’zalligi esa, gullarning go’zalligi va rangi bilan o’lchanadi.

Jabir al-Mag’ribiyga ko’ra: tushida bir daraxtning gulidan uzib yeganini ko’rish, vaqt va mavsumida bo’lsa, o’sha daraxtga mansub kimsadan yaxshi so’z va bir rivoyatga ko’ra, o’sha kimsadan manfaat kutishga dalolat qiladi. Bu gullardan birini hidlagan, daraxtning egasi tomonidan maqtovga sazovor bo’ladi. Vaqtida bo’lish va so’lib qolmagan bo’lish sharti bilan gullagan daraxtlarni ko’rish, odatda yaxshilikka talqin qilinadi.


💭 Boshqa tush ta’birlari: Tush ta’biri lug’ati
📢 @uzbek_burjlar | 🤖 @uzbek_burjlar_bot

Rate article
Add a comment