Tushda idishni ko’rish

πŸŒ™ Tushda idishni ko'rish β€” tush ta'biri va tahlili. Bosh idish bolsa, kelishiga vaqt bor bolgan taqdir demakdir. Ruyoda idish korish, yangilikka ishoradir. Ruyosida yangi idish sotib olib, ichiga b...

πŸŒ™ Tushda idishni ko’rish

Bo’sh idish bo’lsa, kelishiga vaqt bor bo’lgan taqdir demakdir.

Ruyoda idish ko’rish, yangilikka ishoradir. Ruyosida yangi idish sotib olib, ichiga ba’zi taomlarni solganini ko’rish, uyining buyumlaridan bir qismini yangilashga, oltin yoki kumush kabi qimmatli metalldan yasalgan idish ko’rish, yangi uyga ko’chib, qaytadan bezashingizga dalolat qiladi. Idishning singanini ko’rish yaxshi emas. Bu tush ishingizdan ayrilishingizga yoki daromadingizning kamayishiga ishoradir.

Yangi idish — yangi ish boshlanishiga, loydan yasalgan idishlar — rizq va barakaga, oltin va kumush idish — badavlat kishilar uchun isrof va ko’z-ko’zlashga, oxir-oqibat hisob talab etadigan boylikka, yo’qchilikdagi kishilar uchun mol va pulga, ichida suv va taom bor idish — xayrli rizqqa, muvaffaqiyat va barakaga, Kirli idish — gunohga, barakasizlikka, Ichida bo’lgan oziq-ovqatni buzadigan turdagi idish — molda yuz beradigan kamchilikka, Idish qopqog’i (yopqichi) — sirlarni yashirishga, Idishning sinishi — tijoratda zararga, ishning buzilishiga, mansabdan olinishiga dalolat qiladi. (Shuningdek qarang; Kosa, Kulol, Plastinka, Tava, Qozon.)


πŸ’­ Boshqa tush ta’birlari: Tush ta’biri lug’ati
πŸ“’ @uzbek_burjlar | πŸ€– @uzbek_burjlar_bot

Rate article
Add a comment