🌙 Tushda kanyon ko’rish
Tushda katta bir vodiy ichida kanyon ko’rish, chiroyli bir joyga dalolat qiladi. Tushda kanyon ko’rishning ma’nosi qiynalishdan so’ng yengillik topib, xotirjamlikka erishishga yo’yiladi. Shaxsning tushida katta bir kanyon ko’rishi, baxtli hayot kechirishining ishorasi. Kanyon ba’zan yomg’ir yog’ishiga ham ishoradir. Tushda katta bir vodiydan chiqqanini ko’rgan kishi uchun, uning barcha orzu va istaklari amalga oshishiga dalolat qiladi. Tushda kanyon ko’rish, shaxsning qiyin bir safarga chiqishini anglatadi. Tushda kanyonda yurish, yurganini ko’rish, turmushga chiqmagan kishilar uchun xayrli bir nikoh qurishga yo’yiladi. Kanyon tushi ba’zan o’lgan uchun jannat yoki jahannam degan ma’noda. Tushda bir kanyonda yurish, yurganini ko’rgan kishi, oilasi bilan chiqib sayr qiladigan tabiiy hududlarni ko’rsatadi. Tushda yurish uchun bir kanyonga borish sog’lom hayotga alomatdir. Tushda kanyon ko’rish, shodlikdir. Tushda kanyonga borishning ma’nosi xotirjam oila birligiga ishoradir. Tushda oilangiz bilan yoki sevgililaringiz bilan kanyonga borish shodli xabar olinishiga dalolat qiladi.
Agar kanyonda rangli toshlar, daraxt, gul yoki chiroyli o’simlik yoki chiroyli suv oqayotgan bo’lsa, tush ko’rgan shaxsning qadri baland, obro’li shon-shuhratga ega bo’ladi. Tushda ichi yashil juda chiroyli katta bir kanyon ko’rish, bu tush o’sha kishining jannatlik ekanligiga ishoradir. Tushda kanyonda suzish umumiy ma’nosi bilan muvaffaqiyat demakdir. Bir kishi tushda yashil yashil kanyonda oqayotgan daryo yoki so’yda suzganini ko’rsa, tush ko’rgan shaxsning haj safariga chiqishiga ishoradir. Turmushga chiqmagan kishi uchun tushda kanyonda suzish, tush ko’rganining baxtli uy qurishiga, baxtli nikoh qurishiga ishoradir. Agar kambag’al bir kishi shu tushni ko’rsa, tush ko’rgan shaxsning omadi ochilishiga, tirikchilik tashvishini chekmasligiga ishoradir.
Daraxt va yog’ochi ko’p bo’lgan vodiydan chiqqanini ko’rgan, qalbi pok va boy bir kishi bilan do’st bo’ladi va undan xayr va manfaat ko’radi. Agar chiqqan vodiysi daraxtsiz va tekis bo’lsa, bu tushning talqini yuqoridagi tushning aksidir. Doniyol Alayhissalomga ko’ra: katta kanyonlar bir davlat kattasi bilan talqin qilinadi. Abdulganiy Nablusiyga ko’ra: Tushda kanyon ko’rish, agar daraxtli, yaylovli va suvli bo’lsa, xayr; baraka, manfaat, davlat va ikbol bilan talqin qilinadi. Agar so’y quruq, toshli, daraxti va o’ti bo’lmasa, buning talqini yuqoridagining aksidir. Daraxtli, chamanli va suvli bir kanyonga kirganini ko’rgan, davlat va ne’matga erishadi. Ana shunday vodiydan o’tirib, suvini ichganini ko’rgan, xotirjam va tirikchiligi bo’lgan holda umr suradi.
💭 Boshqa tush ta’birlari: Tush ta’biri lug’ati
📢 @uzbek_burjlar | 🤖 @uzbek_burjlar_bot
Bu tushni qaysi burjlar ko’rishi mumkin?
Ushbu tush Qisqichbaqa (Saraton) ♋ | Baliq (Hut) ♓ | O’qotar (Qavs) ♐ burjlari uchun alohida ahamiyatga ega. Bugungi bashoratni ko’ring:
Qo’y (Hamal) ♈ Buzoq (Savr) ♉ Egizaklar (Javzo) ♊ Qisqichbaqa (Saraton) ♋ Arslon (Asad) ♌ Parizod (Sunbula) ♍ Tarozi (Mezon) ♎ Chayon (Aqrab) ♏ O’qotar (Qavs) ♐ Tog’ echkisi (Jadiy) ♑ Qovg’a (Dalv) ♒ Baliq (Hut) ♓







