Tushda kipriklarni ko’rish

πŸŒ™ Tushda kipriklarni ko'rish β€” tush ta'biri va tahlili. Tushda kiprik himoyachi, qoriqchi bilan talqin qilinadi. Tushida kiprigiga surma tortish mol-mulkini saqlash uchun ombor yoki magazinni qulflashg...

πŸŒ™ Tushda kipriklarni ko’rish

Tushda kiprik – himoyachi, qo’riqchi bilan talqin qilinadi. Tushida kiprigiga surma tortish – mol-mulkini saqlash uchun ombor yoki magazinni qulflashga ishoradir. Saqlangan mol halol bo’lsa, diniy iymonining mustahkamligiga; harom bo’lsa, uning kamligiga dalolat qiladi. Tushida kipriklarning yuzini to’ldiradigan darajada o’sib ketganini ko’rish – gunohdan xoli hayot kechirayotganiga va Allohning rizosi yo’lida yashayotganiga dalolat qiladi; kipriklarining yo’qligini ko’rish – dunyo moliga uchib, oxiratni unutganiga, Allohning amrlarini va Payg’ambarimiz alayhissalomning sunnatlarini e’tiborsiz qoldirganiga ishoradir. Tushida kipriklarini birin-birin uzib tashlayotganini ko’rish – xalqning unga qarshi chiqqaniga, uni dinsiz deb la’natlaganiga dalolat qiladi. Boshqa rivoyatga ko’ra, tushda kiprik ko’rish – dinni himoya qilishga ishoradir. Ba’zan kiprik – mol-mulk, ilm va farzanddan quvonchga ishoradir. Kipriklari yo’q deb ko’rgan kishi dinini himoya qila olmaydi. Tushida kipriklarini yolganini ko’rgan kimsani dindorligi sababli dushmanlari haqoratlashadi. Tushida kipriklarining ko’p va chiroyli ekanligini ko’rgan kishi dindordir. Tushida kipriklarining oq ekanligini ko’rgan kimsaning boshi, ko’zlari yoki tishlariga biror kasallik tegadi. Tushda kiprik ko’rish – diniy himoyaga ishoradir. Ba’zan kiprik – mol, ilm va farzanddan quvonchga ishoradir. Kipriklari yo’q deb ko’rgan kishi dinini himoya qila olmaydi. Tushida kipriklarini yolganini ko’rgan kimsani dindorligi sababli dushmanlari haqoratlashadi. Tushida kipriklarining ko’p va chiroyli ekanligini ko’rgan kishi dindordir. Tushida kipriklarining oq ekanligini ko’rgan kimsaning boshi, ko’zlari yoki tishlariga biror kasallik tegadi. Tushda kipriklarining o’sib ketganini ko’rish ikki xil talqin qilinadi: Sharaf va xayrli farzand. Qoshlarning o’sib ko’payganini ko’rish – mol-mulk va ziynat, bir rivoyatga ko’ra esa – uzoq umrdir. Ikki qoshning qayta bitganini ko’rish – o’zining yoki qarindoshlaridan birining egiz farzandi bo’lishiga; bir rivoyatga ko’ra esa – bir in’omga erishishiga talqin qilinadi. Qosh va kipriklarining haddan tashqari o’sib ko’payganini ko’rish xayrli emas. Tushda qoshidan yoki kiprigidan birini uzish yoki qirqish – mol-mulkining talon-toroj qilinishiga; agar buni boshqa bir kishi qilsa, bankrot bo’lishiga dalolat qiladi. Boshqa rivoyatga ko’ra, tushda erkak uchun qosh – xulq va tabiatning go’zalligi, din, omonat va vukordagi martabasidir. Tushda ko’rilgan qoshlarning talqini – yaxshilik va yomonlikdan ularda ko’rilgan holat va kayfiyatga qarab belgilanadi. Tushda ko’rilgan qoshlarning tuklarining zich va qalin bo’lishi – ishlarning ko’pligiga, rostgo’ylik va qarorliligiga ishoradir. Qoshlar – ota-onaga, ikki farzandga, ikki hamkorga, ikki xotinga, ikki vakilga yoki ikki darvozabonga ishoradir. Qoshlarning chatishganini ko’rish – o’zaro yaqinlik va muhabbatga ishoradir. Buning aksini ko’rish – talqinning hilofidir. Qoshlarning haddidan oshmay ko’paygan holda ko’rilishi – ular ishora qilgan kimsaning holining go’zalligiga ishoradir. Qoshlarning oqligi va egilib ko’z ustiga tushishi – qoshlar ishora qilgan farzand, hamkor, xotin, vakil yoki darvozabonning ahvolining o’zgarishiga ishoradir. Ba’zan bu tushni ko’rgan kishining umrining uzoq bo’lishiga ishoradir, chunki u o’zini juda qarigan va belini bukib turgan holda ko’radi. Ikki qosh – dinda martaba, qoshlarda yuzaga kelgan ishonch – yaxshilik va yomonlikka, tush ko’rgan kishining xulqi, odati va dinini himoya qilishiga nisbatan talqin qilinadi.


πŸ’­ Boshqa tush ta’birlari: Tush ta’biri lug’ati
πŸ“’ @uzbek_burjlar | πŸ€– @uzbek_burjlar_bot

Rate article
Add a comment