π Tushda kitob ko’rish
Tushda kitob ko’rish β tush ko’rgan kishi uchun ba’zan kuch va qudrat, ba’zan esa qimmatli do’st va o’rtoqdir. Bundan tashqari, tushda ko’rilgan ochiq kitob keng tarqalgan xabarga, yopiq kitob esa maxfiy xabarga ta’bir qilinadi.
Bir kimsa tushida kitob o’qiyotganini ko’rsa, tush ko’rgan kishining har bir masalada dushmanidan ustun kelishiga hukm qilinadi.
Tushda kitob ko’rish β kuch va qudratga, o’zaro yaxshi til topishgan do’st va o’rtoqqa, qayg’u va g’amdan qutulishga, qalb va tana kasalliklaridan qutulishga, ravshan tafakkurga, bilim va hikmatga ishora.
Agar bir javon yoki kitob javoniga kitoblarini terayotganini ko’rsa, o’sha kishining qilgan ishlarida doimo bilim va tajribalaridan foydalanishiga ta’bir qilinadi.
Tushda (sahifalar) ochiq kitob β keng tarqalgan xabarga; yopiq kitob β maxfiy xabarga ishoradir.
Agar qo’lida sahifalari o’qilmaydigan yoki yozuvlari o’chirilgan kitob ko’rsa, tush ko’rgan kishining qiladigan bir ishidan zarar ko’rishiga ishoradir.
Agar kitobni ayol qo’lida ko’rsa, o’sha kishining xushxabar olishiga ta’bir qilinadi. Yoki quvonchli bir ishni kutishga hukm qilinadi.
Tushda kitob ko’rish β ba’zan kishining o’zaro yaxshi til topishgan do’stiga ishora qiladi. Ba’zi hollarda esa, qayg’u va g’amdan qutulishga ishora qilinadi.
Bir kishi tushida kitobini chap tomonida ko’rsa, tush ko’rgan kishining qiladigan ishlarida pushaymonlik sezishiga ishora qilinadi. Agar kitobni o’ng tomonida ko’rsa, o’sha kishining qiladigan ishlarida mo’l daromad topishiga ishoradir. Agar kitobni yonida yopiq ko’rsa, tush ko’rgan kishining omadining yopilganiga hukm qilinadi. Kitobning sahifalarini ochiq ko’rish esa, rizqining va daromadining ko’p bo’lishiga ishoradir.
Tushda yozuvlari o’chirilgan kitob sahifasi, bilgan bir narsani yoki bergan bir so’zni unutishga ishoradir.
Tushda qo’lida tafsir kitobi ko’rish, tush ko’rgan kishining ishlarining to’g’ri ketishiga ishora qilinadi. Agar qo’lidagi kitobni o’qiy oladigan tilda yozilganini ko’rsa, o’sha kishining yaxshi do’st bilan uchrashishiga ta’bir qilinadi. Agar bilmagan tilda yozilgan bo’lsa, tush ko’rgan kishining yomon do’st orttirishiga ishora.
Tushda bir kimsaning qo’lidan o’ng qo’li bilan bir kitob olishi, o’sha kimsadan yoki uning darajasidagi bir kishidan quvonchga sabab bo’ladigan bir narsa olishiga ishoradir.
Bir kishi qo’lida diniy kitob o’qiyotganini ko’rsa, tush ko’rgan kishining din borasida bilimga ega ekanligiga ishora qiladi. Agar duo yoki xutba kitobini o’qiyotgan bo’lsa, o’sha kishining duosi qabul bo’lishiga va istaklariga erishishiga hukm qilinadi. Agar rasmli axloqsiz kitoblar o’qiyotgan bo’lsa, o’sha kishiga xalq tomonidan yomon qaralishiga va ishlarining teskari ketishiga ta’bir qilinadi.
Tushda ko’p kitob ko’rish β bilim egasi bo’lishga ishora qiladi. Bir kitobni o’z qo’li bilan jildlaganini ko’rish esa, tush ko’rgan kishining bir kishiga yordam berishiga ishora qilinadi.
Tushda ko’rilgan kitob do’koni esa, gunohdan, qayg’udan va g’amdan qutulishga ishora. Gunohkor kishining kitob do’konini ko’rishi esa, o’sha kishining tavba qilishiga ishoradir.
π Boshqa tush ta’birlari: Tush ta’biri lug’ati
π’ @uzbek_burjlar | π€ @uzbek_burjlar_bot
Bu tushni qaysi burjlar ko’rishi mumkin?
Ushbu tush O’qotar (Qavs) β | Qo’y (Hamal) β | Parizod (Sunbula) β burjlari uchun alohida ahamiyatga ega. Bugungi bashoratni ko’ring:
Qo’y (Hamal) β Buzoq (Savr) β Egizaklar (Javzo) β Qisqichbaqa (Saraton) β Arslon (Asad) β Parizod (Sunbula) β Tarozi (Mezon) β Chayon (Aqrab) β O’qotar (Qavs) β Tog’ echkisi (Jadiy) β Qovg’a (Dalv) β Baliq (Hut) β







