Tushda ko’mir ko’rish

πŸŒ™ Tushda ko'mir ko'rish β€” tush ta'biri va tahlili. Tushda yogoch komir hurmatli kimsaga, komir esa rizq va molga, Olov yoqish uchun ishlatiladigan har narsa gunoh ishlashga, Yonib kul bolgan...

πŸŒ™ Tushda ko’mir ko’rish

Tushda yog’och ko’mir – hurmatli kimsaga, ko’mir esa – rizq va molga, Olov yoqish uchun ishlatiladigan har narsa – gunoh ishlashga, Yonib kul bo’lgan ko’mirni ko’rish – o’tgan hukmga, qo’ldan ketgan imkoniyatga, Qish mavsumida ko’rilgan ko’mir – molga, Ko’mir ba’zan – qiyinchilik va tashvishga dalolat qiladi.

Tushida ko’mir va o’choq ko’rgan kishi pul va mol topishiga talqin qilinadi. Tushda ko’mir ko’rish; ko’p pul topishingizga ishoradir.

Tushda yog’och ko’mirni ta’birchilar uch xil talqin qiladilar: Sayg’i-hΓΌrmatli inson, hukumat xodimi, haromdan topilgan pul. Tushda mangal ko’mirini olib yoqayotganini ko’rish, harom molning qo’ldan chiqishiga ishoradir.

Ko’mirning atrofdagi uchqunlarni sochib yonayotganini ko’rish, hukumat xodimi tomonidan jazo berilishiga; ko’mir mangalda turgan holda birdan o’chib, yana avvalgi holiga kelishi – avval mavjud bo’lgan, keyin qo’ldan chiqqan yoki yo’qotilgan ba’zi buyumlarning qayta qo’lga kiritilishiga dalolat qiladi.

Yonib turgan ko’mirning birdan kul bo’lib qolganini ko’rish, bir davlat adamidan kutilgan manfaatning kelmasligiga yoki kechikishiga ishoradir. Boshqa rivoyatga ko’ra esa: Tushda ko’rilgan yog’och ko’mir, hurmatli kimsadir. Ba’zi ta’birchilar, harom mol, ba’zilari esa kelajak rizqdir, deyishgan. Bir kishi tushida ko’mirning ichida olov borligini ko’rsa, molini majburlab olingan odamga ishoradir.

Yonib kul bo’lgan va undan foydalanilmaydigan ko’mir, aslida botil ishga ishoradir. Kichik ko’mirga muhtoj bo’lgan kimsa, katta ko’mir ko’rsa – g’am, anduh, mashaqqat va holatining og’irligiga ishoradir. Ko’mirning kattasiga muhtoj bo’lgan kimsa, mayda ko’mir ko’rsa, molining buzilishiga ishoradir. Qish kunida ko’rilgan ko’mir, mol bilan ta’bir qilinadi.

Tushda qora ko’mirlik ko’rish, ba’zan qiyinchiliklarga duch kelishingiz mumkinligini bildiradi. Biroq bu qiyinchiliklar, sizni yanada kuchli va sabrli inson bo’lishingizga yordam beradi. Kasalliklar yoki yomon vaziyatlar o’tkinchi va bu jarayonda orttirgan tajribalaringiz, hayotingizni yaxshiroq yo’nalishga olib borish uchun foydali bo’ladi. Bo’sh ko’mirlik esa, qiyin damlarda ham umidingizni yo’qotmasligingiz kerakligini eslatadi.


πŸ’­ Boshqa tush ta’birlari: Tush ta’biri lug’ati
πŸ“’ @uzbek_burjlar | πŸ€– @uzbek_burjlar_bot

Rate article
Add a comment