Tushda ko’rpani ko’rish

🌙 Tushda ko'rpani ko'rish — tush ta'biri va tahlili. Toshak va uning bilan birga yostiq, choyshab kabi narsalar bu kishining qoshnilariga yoki ish va kasbida ishlatadigan vosita va jihozlariga dalola...

🌙 Tushda ko’rpani ko’rish

To‘shak va uning bilan birga yostiq, choyshab kabi narsalar – bu kishining qo‘shnilariga yoki ish va kasbida ishlatadigan vosita va jihozlariga dalolat qiladi. To‘shak – bu xotirjamlik, kishining dunyosi, molu mulkiga dalolat qiladi. Keng, xotirjam va yangi to‘shak dunyoda kenglikka, uzoq umrga, ne’matning davom etishiga, boshqaruvda kuchga erishishga dalolat qiladi. Nozik va eskirgan to‘shak – bu oz umrga va kamchilik bilan kun kechirishga dalolat qiladi. Bilinmagan joyga to‘shalgan to‘shak – bu g‘urbatda daromad topishga dalolat qiladi. Bug‘ilgan to‘shak – safarga, g‘urbatga ketishga dalolat qiladi. Yoyilgan va to‘shalgan to‘shak – bu rizqning kengayishiga, moddiy qiyinchiliklardan qutulishga dalolat qiladi. Yig‘ilgan to‘shak – bu so‘z o‘tmasligiga, dunyoning unga yuz o‘girmasligiga dalolat qiladi. Yo‘qolgan va yonayotgan to‘shak – bu dunyoviy zararga yoki vafotga dalolat qiladi. Chirigan va parchalangan to‘shak – bu qayg‘u va tashvishga dalolat qiladi. Ustiga o‘tirilgan yoki yotilgan har qanday gilam – bu san’atga va dunyoviy narsalarga dalolat qiladi. Issiq havoda yelkasida to‘shak ko‘tarayotganini ko‘rish – bu qayg‘uga dalolat qiladi. (Shuningdek qarang: Yostiq, Yotog‘). Tushda to‘shak ko‘rish – bu kutilmagan baxtning habarchisi. Tushda to‘shak ko‘rish xotin bilan ta’bir qilinadi. To‘shagini bozorga olib borib sotganini ko‘rsa, xotinidan ajrashadi; xotini bemor bo‘lsa, uning o‘limiga; to‘shagining ustida yovvoyi hayvon ko‘rsa, bu buzuq odamning xotini haqida xiyonat va qasd qilishiga dalolat qiladi. To‘shak – bu erkakning xotini yoki xizmatkoriga ishora bo‘lib, erkakning xotirjam hayot kechirishiga belgidir. To‘shakning yumshoq ekanligini ko‘rish, xotinining itoatkor, xushmuomala ekanligiga; kengligi, ayolning tabiatiga ko‘ra go‘zalligiga; yangi bo‘lishi, uning yoshligiga va tetikligiga yoki pok xulqli ekanligiga ishoradir. Agar to‘shak jun va sochdan yoki paxtadan bo‘lsa, bu ayolning mohirlik va boyligiga, agar to‘shak atlas matodan qilingan bo‘lsa, ayolning juda shahvatli bo‘lishiga, oq bo‘lishi, bu ayolning dinining mustahkamligiga, qora bo‘lishi, eridan rozi emasligiga, rangi yashil bo‘lishi, oilaviy hayotining tartibli bo‘lishiga dalolat qiladi. Boshqa rivoyatga ko‘ra: tushda to‘shak ko‘rish xotinga ishora qiladi. To‘shagini sotganini ko‘rish, ajrashishga ishoradir. To‘shakning yumshoq ekanligini ko‘rish, xotinining itoatkorligiga dalildir. Agar to‘shak jun yoki paxtadan bo‘lsa, xotinining mohirlikiga ishoradir.


💭 Boshqa tush ta’birlari: Tush ta’biri lug’ati
📢 @uzbek_burjlar | 🤖 @uzbek_burjlar_bot

Rate article
Add a comment