Tushda lavozimidan olinish

🌙 Tushda lavozimidan olinish — tush ta'biri va tahlili. Umuman olganda, tushda lavozimidan olinish azl bolish - mansabdor uchun vazifaning davom etishiga va saqlanib qolishiga dalolatdir. Yani lavozim e...

🌙 Tushda lavozimidan olinish

Umuman olganda, tushda lavozimidan olinish (azl bo’lish) — mansabdor uchun vazifaning davom etishiga va saqlanib qolishiga dalolatdir. Ya’ni lavozim egasi bo’lgan kishi, tushida lavozimidan olinganini ko’rsa, mansabining davomli bo’lishini anglatadi. Boshqalar uchun esa bu tashvishli mashaqqatlarga ishoradir. Natijada katta lavozim egasi bo’lgan kishi uchun tushda lavozimidan olinish — lavozimining ko’tarilishiga ishoradir. Bemor yoki qiynalayotgan mansabdor kishining tushida lavozimidan olinganini ko’rishi — kasallikning bitishiga va salomatlik ichida kechiradigan davrga ishoradir. Xulosa qilib aytganda, (azl bo’lish) tushda lavozimidan olinish — mansabga tayinlanish yoki daraja ko’tarishga ishoradir. Shu lavozim bilan boshqa joyga yoki boshqa lavozimga tayinlanish ba’zan bunga olib keladi. Bundan tashqari molda yuz beradigan zararga dalolat qiladi. Kimdir mansabdor bo’la turib tushida azl qilinganini ko’rishi — dinida e’tiborsizlikka dalolat qiladi. Ba’zi tush ta’birchilariga ko’ra, tushda lavozimidan olinish — bir ishdan yoki kasbdan boshqa bir ishga o’tishga ishoradir. (Shuningdek qarang: tushda ishdan chetlatilish)

Bundan tashqari ishlarini to’g’ri bajarmayotganiga ishoradir. Tushda o’zining bir bo’lim rahbari ekanligini va qo’l ostidagi kimsani ishdan hayotganini ko’rishi — o’sha kishining xotinidan ajralishiga yo’yiladi. O’zining ishdan haydalganini va uning o’rniga boshqa birining tayinlanganini ko’rish; ba’zi dushmanlari tomonidan unga qarshi ba’zi ishlar qilinayotganiga, ishlariga mahkam yopishishi kerakligiga dalolat qiladi. Boshqa bir ma’noga ko’ra esa, tushda lavozimidan olinganini ko’rish — egallagan ishida barqaror rivojlanishga belgidir.

Kimdirning lavozimidan azl qilinganini ko’rish: Boshqa ish bilan shug’ullanishingiz ma’nosini bildiradi. O’rningizga tajribasiz va qarisi bir kishining tayinlanganini ko’rish: Ishingizda qiyinchilikli onlarni boshdan kechirishiga dalolatdir. Lavozimidan olingan mansabdorning yana shu lavozimga tayinlangani ko’rishi — ongsiz xotirasida qolgan istagini ifodalaydi. Qarining lavozimidan olinishi — xayrga yo’yiladi. Agar tush egasi yosh bo’lsa — yomonlikka ishoradir. Katta lavozimlarda biror kishining lavozimidan olinganini ko’rish — o’sha kishining darajasining pasayishiga ishoradir.


💭 Boshqa tush ta’birlari: Tush ta’biri lug’ati
📢 @uzbek_burjlar | 🤖 @uzbek_burjlar_bot

Rate article
Add a comment