🌙 Tushda maqbara va qabriston ko’rish
Tushda nabiy yoki vali, orif, shayx, zotlardan birining maqbarasini ko’rish – tush ko’ruvchiga xayr va baraka kelishidan darak beradi. Tushida vali, olim, sahobalaridan birining qabrini ko’rgan bo’ydoq bo’lsa, uylanadi, gunohkor bo’lsa, tavba qiladi.
Tushida birining qabrini qaziyotganini ko’rish – o’sha qabr egasining yaxshi insonligiga va savob ishlaganiga dalolatdir.
Nabiy, sahobalar yoki dunyoda yaxshi tanilgan kishilardan birining qabrini tushida ziyorat qilgan kishi, kederdan, azob chekishdan va qiynalishdan qutuladi.
Tushda vali qabrini ziyorat qilganini ko’rish – qanoatli bo’lishga alomatdir. Shayx, sahoba, payg’ambar, olim, vali qabrlarini ziyorat qilib, tozalagan va ta’mirlaganini ko’rish – diniga sodiqligiga alamotdir.
Tushda orif qabrini ko’rish – rizqning kengligiga; agar bemor bo’lsa, tuzalishiga; bu tushni ko’rgan ayol bo’lsa, bir o’g’il farzand tug’ishiga ishora qiladi.
Qabristonda ifloslik yoki axlat kabi narsalar ko’rish – hayrsizlikka dalolat qiladi.
Musulmon qabristoniga yomg’ir yog’ayotganini ko’rish – o’sha yer aholisiga rahmat va baraka kelishini ko’rsatadi.
Qabristonning toza va obod ekanligini ko’rish – xayr va barakaga; qabristonni vayron va qabr toshlarining qulaganini ko’rish – buning aksiga ishoradir.
Tushda maqbaraga borish – yaxshi amal qilishga, vali maqbarasiga borayotganini ko’rish – xayr va yaxshilik qilishga va gunohlardan tavba qilishga ishoradir.
💭 Boshqa tush ta’birlari: Tush ta’biri lug’ati
📢 @uzbek_burjlar | 🤖 @uzbek_burjlar_bot
Bu tushni qaysi burjlar ko’rishi mumkin?
Ushbu tush O’qotar (Qavs) ♐ | Qo’y (Hamal) ♈ | Qisqichbaqa (Saraton) ♋ burjlari uchun alohida ahamiyatga ega. Bugungi bashoratni ko’ring:
Qo’y (Hamal) ♈ Buzoq (Savr) ♉ Egizaklar (Javzo) ♊ Qisqichbaqa (Saraton) ♋ Arslon (Asad) ♌ Parizod (Sunbula) ♍ Tarozi (Mezon) ♎ Chayon (Aqrab) ♏ O’qotar (Qavs) ♐ Tog’ echkisi (Jadiy) ♑ Qovg’a (Dalv) ♒ Baliq (Hut) ♓







