Tushda o’liklarning tirilayotganini ko’rish

🌙 Tushda o’liklarning tirilayotganini ko’rish

Rüyada o’liklarning tirilishi, ko’rgan kishining tinchlik topishiga va barcha tashvishlaridan qutulishiga dalolat qiladi.

Abu Said al-Va’z aytganlarki: Rüyada bir o’likning tirilganini ko’rish, isloh topishga va umuman kutmagan joydan xursand bo’ladigan bir narsaning kelishiga dalolat qiladi.

Ibn Sirin (ra) aytganlarki: Rüyada bir o’likning tirilib, unga «Sen o’likmisan» deb so’ralganda, «Yo’q, men tirikman» deganini ko’rish, o’likning oxiratdagi saodatiga va go’zal holiga dalolat qiladi.

Rüyada xotinining o’lganini va lekin yana tirilganini ko’rish, savdo va dehqonchilikda foydaga va rizqda kenglikka dalolat qiladi.

Kimningdir rüyada o’ziga mansub bir zotning tirilganini ko’rishi, o’sha zotning sunnatini tiriltirishga ishoradir.

Kimningdir rüyada qiyomatning qopganini va odamlarning qabrlaridan chiqib, mahshar maydoniga qarab tarqalib ketayotganini ko’rishi, xalqning manfaatlarini uchun bozor va rastalarga tarqalib ketishiga, kiminingdir foyda, kiminingdir zarar ko’rishiga alomatdir.

Yana o’lik bo’la turib tirilganini ko’rish, foyda va manfaatga ishoradir.

Kimningdir rüyada o’lganini, yuvilib, kafanlanib, dafn etilganini va keyin tirilib qabridan chiqqanini ko’rishi, gunoh va isyondan tavba qilishga va Haqqa yuzlanishga alomatdir.

Mahshar kuni odamlarning qabrlaridan chiqib tirilayotganini ko’rish, dunyo hayotida odamlarning ish va tirikchilik maqsadi bilan bozor va rastalarga tarqalishiga, kimilarining bundan foyda ko’rib, kimilarining zarar bilan uylariga qaytishlariga, o’lgandan keyin tirilganini ko’rish tavba qilishga dalolat qiladi. (Shuningdek qarang; O’lish.)


💭 Boshqa tush ta’birlari: Tush ta’biri lug’ati
📢 @uzbek_burjlar | 🤖 @uzbek_burjlar_bot

Rate article
Add a comment