π Tushda oylarni (hijriy) ko’rish
Oylardan murod, hijriy oylardir. Bular quyidagilardir:
1- MUHARRAM: Kishining tushida Muharram oyini ko’rishi, tashvish va balolardan qutulishga, kasallikdan shifo topishga dalolat qiladi. Bu tushni ko’rgan gurbatchi bo’lsa, o’z yurtiga qaytishiga ishoradir. Gunohkor kimsaning Muharram oyini tushda ko’rishi, tavba qilishiga va hidoyatda bo’lishiga dalolat qiladi. Chunki o’sha oyda birinchi inson va birinchi payg’ambar Hazrati Odamning tavbasi qabul qilingan edi.
2- SAFAR: Safar oyida ko’rilgan tushlar unchalik xush qarshi olinmaydi va xayrga alomat emas. Tashvish va qayg’u ichida suzgan odamning Safar oyini tushda ko’rishi, salomatlik ishorati. Bemorni shu tushni ko’rishi, shifo va sog’lik topishiga dalolat qiladi.
3- RABIOUSANIVAL: Rabiousanival oyini tushda ko’rish, sevinch va saodatga ishoradir. Bu tushni ko’rgan kishi tijoratida foyda ko’radi, yengillik va sevinch ichida bo’ladi. Tashvishda bo’lgan kishining bu oyini tushda ko’rishi, tashvishdan qutulishiga ishoradir. Yana farzand kutayotgan kishining bu tushni ko’rishi, solih bir o’g’il farzandi bo’lishining alomatidir.
4- RABIOUSSONIY: Tushda Rabioussoniy oyini ko’rish dushman ustidan g’alaba qozonishga ishoradir. Bu oyda ko’rilgan tush xayrga dalolat qiladi.
5-JUMODUSANIVAL: Bu oyda ko’rilgan tush, ishlarning sekinlashuviga ishoradir, foyda va savdo-sotiq bu paytda kam bo’ladi. Tushda Jumodusani oyini ko’rish, yaqinlaridan birini yo’qotishga alomatdir.
6-JUMODUSSONIY: Bu oyda ko’rilgan tush xayrli natija beradigan bo’lsa, tushning hukmi darhol yuzaga chiqmaydi va kechikadi.
7-RAJAB: Rajab oyida ko’rilgan tush, kuchli va sahih bo’ladi; xayr va baraka eshiklari ochiladi va yomonlik xayrga aylanadi. Tushda Rajab oyini ko’rish, sharaf va fazilatga dalolat qiladi. Zero, koinot xo’jayinining muborak me’roji Rajab oyida yuz bergan.
8-SHABON: Tushda Shabon oyini ko’rish, davlat odamlaridan birining lavozimidan olinishiga dalolat qiladi. Chunki bu oyda har bir hikmatli ish bir amr bilan ajratiladi. Yil ichida bo’ladigan hodisalar yana bu oyning 15-tunida hukm qilinadi.
9-RAMAZON: Ramazon Qur’on nozil bo’lgan oy va unda ming oydan afzalroq bir tun bor. Shu sababli, bu oyda shaytonlar zanjirband qilinadi, yomonlik va yaramaslik eshiklari yopiladi. Ramazon oyida ko’rilgan tushning hukmi kechikmaydi. Ramazon oyini tushda ko’rish, baraka, xayr, yaxshilik, avf va mag’firatga dalolat qiladi. Bu tushni ko’rgan ilm va Qur’on o’rganayotgan kishi bo’lsa, ilmga va Qur’onga musharraf bo’ladi. Chunki Qur’oni Karim bu muborak oyda nozil bo’lgan. Tushda Ramazon oyini ko’rgan bemor kishi tezda shifo topadi, tashvishda bo’lsa, tashvishdan qutuladi.
10- SHOVVOSL: Tushda Shovvos oyini ko’rish, tashvishlardan qutulishga, yengillik va sevinchga dalolat qiladi. Chunki Shovvosning boshlanishida ko’rilgan oy, bayram va yengillikdir. Bayramlar sevinch va surur kunidir.
11- ZILQAD: Bu oyda ko’rilgan tush, safarga dalolat qilsa, tush egasi safarga chiqmasligi afzaldir.
12- ZILHIJJA: Kishining bu oyda ko’rgan tushi, agar safarga dalolat qilsa, darhol safarga chiqishida ziyon yo’q, safarga chiqsin va ishlarini kengaytirsin. Chunki bu oy muborak oy va haj mavsumidir. Va bu oyda Bayram va Qurbon bor. Tushda Zilhijja oyida bo’lganini yoki qurbonlik qilayotganini yoki hayit namozini o’qiyotganini ko’rish, qarzdan qutulishga, nazrining ado etilishiga, tavbaga va hidoyatga erishishga dalolat qiladi.
π Boshqa tush ta’birlari: Tush ta’biri lug’ati
π’ @uzbek_burjlar | π€ @uzbek_burjlar_bot
Bu tushni qaysi burjlar ko’rishi mumkin?
Ushbu tush Qisqichbaqa (Saraton) β | Baliq (Hut) β | Parizod (Sunbula) β burjlari uchun alohida ahamiyatga ega. Bugungi bashoratni ko’ring:
Qo’y (Hamal) β Buzoq (Savr) β Egizaklar (Javzo) β Qisqichbaqa (Saraton) β Arslon (Asad) β Parizod (Sunbula) β Tarozi (Mezon) β Chayon (Aqrab) β O’qotar (Qavs) β Tog’ echkisi (Jadiy) β Qovg’a (Dalv) β Baliq (Hut) β







