🌙 Tushda qasr ko’rish
**Qal’a haqida tush ta’birlari:**
Qal’a koʻrish, qiyinchiliklardan qutulishingizga ishoradir. Uzoqdan qal’a koʻrish, bir joydan boshqa joyga koʻchishingizni anglatadi.
Qal’a, qiyinchiliklardan qutulishingizga ishoradir. Uzoqdan qal’a koʻrish, bir joydan boshqa joyga koʻchishingizni anglatadi.
Qal’ani tushda koʻrish, imonga dalolatdir. Tushda qal’a ichida qamalib qolganini koʻrish, katta bir uyga ega boʻlishiga; boʻydoq boʻlsa, uylanajagiga; uylangan boʻlsa, bir farzandi boʻladiganiga; boshqa dinda boʻlsa, musulmon boʻladiganiga; gunohkor boʻlsa, tavba qiladiganiga; bemor boʻlsa, shifo topadiganiga ishoradir. Qal’a ichida boʻlib, uning burjlarida kezib yurganini koʻrish, ibodatiga davom etayotganiga; qal’a ichida boʻlgan joyidan atrofni kuzatganini koʻrish, gunohlaridan panoh topganiga dalolat beradi. Tushda qal’a qurilishida qatnashib ishlayotganini koʻrish, dushmanidan qutulganiga, yoki nomusini balodan va nafsini haromdan qutqarganiga ishoradir. Qal’aning buzilganini koʻrish, diniy imonining zaiflashganiga yoki xotinining oʻlimiga dalildir. Tushda qal’a burjining ustida oʻtirganini koʻrish, farzandlarining yoki birodarining yordami bilan mushkul ahvoldan qutulib, farogʻatga chiqajagiga dalolat beradi. Qal’a, kimningdir kuchiga sigʻmaydigan kuchli inson bilan ta’bir qilinadi. Tushida uzoqda bir qal’a koʻrib, unga yetishga harakat qilganini koʻrish, nomi mashhur boʻlishiga ishoradir. Tushda qal’a koʻrish, gʻam va qiynalishlardan qutilish va farogʻatga erishishga ham dalolat beradi. Tushda juda uzoqda bir qal’a koʻrganini va unga yetish uchun yoʻlga chiqqanini koʻrish, uzoq joyga safarga chiqajagiga; mustahkam va yaxshi qoʻriqlanadigan qal’adan ichkariga kirganini koʻrish, ishlarining ravon boʻlishiga ishoradir. Qal’ada boʻlib, yonida koʻp qurol va oʻqlar boʻlganini koʻrsa, dinida yaxshi ahvolda. Qal’ada boʻlib, yonida qurol va oʻq-dori boʻlmaganini koʻrsa, buziluvchilikka uchraydi. Qal’a, gunohlardan qutilishga dalildir. Qal’a, katta ilm bilan ham ta’bir qilinadi. Tushda qal’alar va mustahkam joylar, xuddi shunga oʻxshash ta’bir qilinadi. Tushida bir qal’a qurayotganini koʻrish, tush koʻrgan kishining dinining yaxshilanishiga, dushmanini siqishga; bir qal’ani buzganini koʻrish, dinning buzilishiga, dushmanining uni siqishiga dalolat beradi. Oʻzini bir qal’a burji ichida koʻrgan, orzulariga erishmaydi, bemor boʻlsa oʻladi. Qal’a burji devori ustida turganini koʻrgan, dushmandan ustun keladi va maqsadiga erishadi. Bir qal’a burjini ta’mirlayotganini koʻrgan, yaxshi ish qiladi. Qal’a burjiga kirish va uning ustiga chiqish, juda xayrlidir. Burjdan chiqish va undan yerga tushish yaxshi emas. Mustahkam bir qal’ada oʻtirganini koʻrish, dinida sobitqadamlik va yaxshi niyatiga; mustahkam bir qal’adan chiqib, qaytib kelmaganini koʻrish, dindan chiqqaniga; bir rivoyatga koʻra, dushmanidan qasos olajagiga, qal’a devoriga osilib turganini koʻrish, dinida sodiq emasligiga, oʻzini tutib olganiga dalolat beradi. Ba’zi ta’birchilarga koʻra: Oʻzini bir qal’ada va odamlari yonida va zaxirasi koʻp holda koʻrgan, dushmanidan emin va istaklariga erishadi. Bir insonning qanday boʻlmasin oʻzini bir qal’ada koʻrishi yaxshidir. Qal’a, haqiqatga ishonishdir. Ba’zan qal’a, egasiga yoki armiya va dushmandan ichida boʻlgan kimsaga ishoradir. Ba’zan ham ilm va Qur’onga va ismi azim kabi shayton armiyasidan insonni muhofaza qiluvchi narsalarga ishoradir. Qal’a ichida qamalib qolgan kishi, mulkka loyiq boʻlsa mulkka ega boʻladi, boʻydoq boʻlsa uylanadi. yoki bir farzandi boʻladi, yoki bir mulk sotib oladi yoki gunohlaridan tavba qilib Alloh taologa yuzlanadi. Qal’a Islomga ham ishoradir. Qal’a ichida boʻlgan kishi dinida ibodat va amal qiladi. Qal’a ichida boʻlgan joyida qat’iyligi nisbatida gunohlaridan ayriladi. Uygonlikda suv ichida boʻlgan bir qal’aning tushda sahroda koʻrinishi oʻsha qal’aga dushmanning gʻalaba topishiga ishoradir. Tushida bir qal’a qurayotganini koʻrgan kishi dushmanidan himoyalanadi. Yahut nomusini haromdan, nafsini zillat va balodan qutqaradi. Qal’a, uy va koʻshkning xarob boʻlganini koʻrgan kishining dindagi buzilganligiga yoki xotinining oʻlimiga ishoradir. Qal’aning tepasida oʻtirganini koʻrgan kishi, akasi yoki farzandidan foydalanadi va ularning sababi bilan qutulishga erishadi. Ba’zi ta’birchilar, qal’a kimningdir kuchiga sigʻmaydigan kuchli va mustahkam insonga ta’bir qilinadi, deyishdi. Uzoqdan bir qal’a koʻrgan kishining nomi yuqori boʻlishiga va nomusini haromdan saqlashiga ishoradir. Tushda qal’a koʻrish, butunlay gʻam va qiynalishlardan qutilish va farogʻatga erishishdir. Bir qal’aga kirganini koʻrgan kishi, ibodat va itoat qiladi. Bir kishi, uzoqdan bir qal’a koʻrsa, u kishi bir joydan boshqa joyga safar qiladi. Ishlari yaxshi ketadi. Tushda mustahkam bir qal’aga yopilib qolganini koʻrgan kishi, ishlarida muvaffaqiyatli boʻladi. Qal’a gunohlardan qutilishga ishoradir. Qal’a katta bir odam bilan ham ta’bir qilinadi.
Tushda qal’a koʻrish; istagan narsangizning amalga oshishiga, dushmanlaringizni yengishingizga, qal’ani buzganini koʻrish; dushmanlaringizning sizga zarar yetkazishiga ishoradir.
**Qalam haqida tush ta’birlari:**
Tushida qoʻlida qalam tutganini koʻrgan kishi juda foydali bir narsa oʻrganadi. Qalam bilan yozgan, quvonchli bir xabar oladi. Unga bir qalam hadya etilganini koʻrgan inson yangi va kelajagi porloq ishga kirishadi.
Tushda qalam koʻrish, ilm, yaxshilikka buyurish, yomonlikdan qaytarish va farzandga ishoradir. Qalam har narsaning qiymatidir. Qalam koʻrgan kishi, chiroyli, dindor, yaxshi va hur ayolga uylanadi. Ba’zi ta’birchilar, qalam, yozuvchi bir boladir, dedilar. Bir qalamga ega boʻlganini koʻrgan kishi, bir ilmga erishadi. Agar u qalam bilan yozsa, oʻsha kimsa ilm va bilimlardan yozajagi narsalarga ishoradir. Bir kishi tushida qoʻlida va yonida qalam borligini koʻrsa, oʻsha kimsa birga boʻladigan akasiga va agar onasi homilador boʻlsa, erkak bir bola tugʻdirishiga ishoradir. Sidr bilan birga koʻrilgan qalam xotinining homilador boʻlgan kishi uchun, erkak bir bolaga ishoradir. Mansabli bir kishining oʻz qalamida bir narsaning sodir boʻlganini koʻrsa, bu tushning ta’biri oʻsha kimsa uchun hayot tarzi va kasbiy faoliyati haqida yuzaga keladi. Qalamini sidr ichiga solganini koʻrgan kishi, jirkanch bir ish qiladi. Qalam, olim, hokim, til va qilich kabi insonning oʻzi bilan sharaf va nom qozongan va hukmlarini ijro etadigan kimsaga va ijro etilgan narsalarga ishoradir. Qalam saxovat va yaxshilikdir. Ba’zan qalam, inson va insonning sir egasiga ishoradir. Ba’zan ham qalam, dushmanga gʻalaba topishga ishoradir.
💭 Boshqa tush ta’birlari: Tush ta’biri lug’ati
📢 @uzbek_burjlar | 🤖 @uzbek_burjlar_bot
Bu tushni qaysi burjlar ko’rishi mumkin?
Ushbu tush Qisqichbaqa (Saraton) ♋ | Baliq (Hut) ♓ | Buzoq (Savr) ♉ burjlari uchun alohida ahamiyatga ega. Bugungi bashoratni ko’ring:
Qo’y (Hamal) ♈ Buzoq (Savr) ♉ Egizaklar (Javzo) ♊ Qisqichbaqa (Saraton) ♋ Arslon (Asad) ♌ Parizod (Sunbula) ♍ Tarozi (Mezon) ♎ Chayon (Aqrab) ♏ O’qotar (Qavs) ♐ Tog’ echkisi (Jadiy) ♑ Qovg’a (Dalv) ♒ Baliq (Hut) ♓







