Tushda quyoshni ko’rish

4999 tush ta'biri Tush ta'biri
πŸŒ™ Tushda quyoshni ko'rish β€” tush ta'biri va tahlili. Ruyoda quyosh korish, qilgan ishingizda mavqeingizning yanada ortishiga, muvaffaqiyatga, mulk egasi bolishiga ishoradir. Ish hayotida yuzaga keladig...

πŸŒ™ Tushda quyoshni ko’rish

Ruyoda quyosh ko’rish, qilgan ishingizda mavqeingizning yanada ortishiga, muvaffaqiyatga, mulk egasi bo’lishiga ishoradir. Ish hayotida yuzaga keladigan ba’zi o’zgarishlar, muvaffaqiyat qozonishingizga sabab bo’ladi. Ish hayotingizda ham mulk egasi bo’lib, yaxshi o’zgarishlar bo’ladi. Ruyoda quyosh ishda, sevgida muvaffaqiyatdir. Juda yaxshidir. Quyosh, boylik va baxtning ishorasi. Natijada ruyoda quyosh ko’rish, katta lavozim egasi bo’lishingizga va muhim mavqega ko’tarilishiga ishoradir.

Imom Ja’far Sodiq (a.s.): Ruyoda quyosh ko’rishning ma’nosini sakkiz modda bilan tushuntirib bergan. Bular:

Ruyoda quyosh ko’rish, davlat rahbariga, otaga, onaga, mol va mulkka yoki sodiq juftga ishoradir. Ba’zan esa quyosh, mo’l-ko’llik va barakaga, hayot davom etishi uchun zarur sabab va unsurlarga ishoradir.

Jabir Mag’ribiy: Quyosh va Oyda ko’rilgan har qanday kamchilik, ota-ona va aka-ukalarga ta’bir qilinadi. Ruyoda «Quyosh», otaga, «Oy» onaga, «yulduzlar» esa askarlarga… [«Bir zamonlar Yusuf, otasiga degan edi: Otajonim! Men (ruyamda) o’n bir yulduz bilan quyoshni va oyning menga sajda qilayotganini ko’rdim.»

Quyoshga sajda qilish; so’zi o’tadigan birining sizga shafqat ko’rsatishiga, yoniga olishiga, ish bo’yicha karyerangizning ko’tarilishiga va hozirgi yerning xalqi adolat va insof bilan boshqarilishiga ta’bir qilinadi.

Hazrati Doniyol (a.s.): Quyosh, hokimga yoki katta bir kimsaga ishoradir.

Ruyoda ko’rilgan quyosh, kuch, qudrat, ulug’likni yodga soladi. Ba’zan esa, oilada otani, boshqaruvda davlat rahbarini, tijoratda oltinni, din dunyosida katta bir olim zotni va his-tuyg’u dunyosida esa mislsiz go’zal ayolni ramz qiladi. Ba’zan sevinchga, ba’zan esa, xabar olishga, ishora qiladi. Ba’zan o’limning yaqinlashganiga, boylikka; ba’zan esa, kasallikka yodga soladi.

Ruyoda bir kishi quyoshga ibodat qilayotganini ko’rsa, o’sha kishining isyonkor bo’lishiga ishoradir. Quyoshning kechasi chiqishini ko’rish esa, tush ko’rgan kishining tashvishdan mo’l-ko’llikka erishishiga hukm qilinadi. Ba’zan esa bu tush umuman aksincha ta’bir qilinadi. Ba’zan esa quyoshni ko’rish, tush ko’rgan kishining hasad qilinishiga ishoradir. Bu tush Hazrati Yusufning qissasini yodga soladi.

Quyoshning chiqishini ko’rish; istagingizning amalga oshishiga, botishini ko’rish esa, buning aksicha ta’bir qilinadi. Quyoshning o’z uyida chiqishini ko’rish, qarindoshdan biri bilan turmush qurishga ishoradir.

Bekor bir kishi ruyoda, quyoshning o’z uyida chiqayotganini ko’rsa, tush ko’rgan kishining qarindoshlaridan biri bilan turmush qurishiga ishora qilinadi. Agar quyoshning boshqa bir uyda chiqayotganini ko’rsa, tush ko’rgan kishining o’sha oilaning a’zolaridan biri bilan turmush qurishiga hukm qilinadi.

Turmush qurgan bir kishining quyoshning chiqishini o’z uyida ko’rishi, o’sha kishining bir farzandi tug’ilishiga va bu farzandning xayrli farzand bo’lishiga ishoradir. Qisir bir oilaning bu turdagi ruyoni ko’rishi esa, ularga bir farzandlik olishlariga ta’bir qilinadi.

Bemor bir kishi ruyoda quyoshning g’arbdan chiqayotganini ko’rsa, o’sha kishining qisqa vaqt ichida tuzalishiga ishoradir. Ruyoda oy bilan quyoshning ustiga chiqayotganini ko’rish, ota-onaning tush ko’rgan kishidan rozi ekanliklariga hukm qilinadi. Agar quyosh bilan oynning nurlari xira bo’lsa, ota-onaning tush ko’rgan kishiga xafa ekanliklariga ta’bir qilinadi.

Bir kishi ruyoda quyoshning botgandan keyin darhol chiqishini ko’rsa, tush ko’rgan kishining topishdan umidini uzgan yo’qotgan bir narsasini topishiga ishoradir. Yoki buzilgan ishi qayta tuzalishiga hukm qilinadi. Agar yaqinini yo’qotgan kishi bu turdagi ruyoni ko’rsa, o’sha kishining yo’qotgan deb hisoblagan kishisiga yetishishiga bir ishoradir.

Ruyoda quyoshning qorayganini ko’rish, tush ko’rgan kishining oila a’zolaridan hurmatli birining kasallanishiga ishoradir. Quyoshning birdan yo’qolganini ko’rish esa, shunday bir kishining o’lishiga ta’bir qilinadi. Ba’zan esa tush ko’rgan kishining ishini yo’qotishiga hukm qilinadi. Bir kishi quyoshni yotog’ida ko’rsa, tush ko’rgan kishining yaqin bir vaqtda bir kasallikka chalinishiga ishoradir. Ruyoda quyosh bilan oy nurini birga ko’rish esa, tush ko’rgan kishining sevgan kishi bilan uchrashishini ko’rsatadi.

Tush ko’rgan kishining yashaydigan muhitida mashhur bir kishining kasallanishiga ta’bir qilinadi. Yoki bir epidemiyaning tarqalishiga hukm qilinadi.

Ruyoda quyoshni tutganini, quyoshning o’ziga tegishli ekanligini, o’zining quyosh ekanligini, quyoshning orbitasida bo’lganini yoki quyosh kabi atrofiga nurlar sochayotganini ko’rish, loyiq kishi uchun inson erisha oladigan eng yuqori martabalarga, loyiq bo’lmagan kishi uchun katta xayrlarga, obro’ va saodatga ishoradir.

Faqat quyosh nurini ko’rish; yuqoridagi ta’birning aksidir.

Quyoshni ushlash yoki uni o’z mulkingiz ostiga olish; ulug’likka erishishingizga yoki so’zi o’tadigan kishi bilan qarindosh yoki do’st bo’lishingizga ta’bir qilinadi. Quyoshni bor holicha qo’lida tutganini ko’rish, tashvishlardan qutulishga ishoradir.

Quyosh bilan jang qilish; so’zi o’tadigan birining siz bilan dushmanlik qilishiga…

Quyosh yoki Oyning o’rniga o’tirishini ko’rish; ta’sir doirasi keng bir kishi bo’lishingizga va mamlakat ishlarini boshqarishni o’z zimmangizga olishingizga…

Nuri bo’lmagan quyoshni ushlash; xafagarchiliklardan qutulishingizga…

Quyoshning qorong’i ekanligini va o’z orbitasida emasligini ko’rish; so’zi o’tadigan birining ishlarda sizga ehtiyoji bo’lishiga ishoradir.

Quyoshni ko’rishning olti ta’biri bor: Rahbar, imom, prezident, yorug’lik, keksa ayol va er.

Quyoshga sajda qilayotganingizni ko’rish; farzandli bo’lishni istayotgan bo’lsangiz, bu istagingizni amalga oshirishga…

Quyoshni quchog’ingizga olganingizni yoki quyoshning yoniga tushganini ko’rish; hurmatingizning ortishiga…

Quyoshning nur sochayotganini va issiqligining hech kimga zarar bermayotganini ko’rish; yashaydigan hududingizdagi odamlarning osoyishtalikda yashashlariga…

Quyoshning nur sochayotganini va issiqligining odamlarga zarar berayotganini ko’rish; hududda yashaydigan odamlarning so’zi o’tadigan kishidan zarar ko’rishlariga ta’bir qilinadi.

Quyosh tutilishini ko’rish; yomonlikka ishoradir.

Quyoshning yer yuziga tushishi, xalqning rahbarlardan foyda va manfaat ko’rishiga ishoradir. Ruyoda quyosh nurlarining hamma joyni qoplaganini ko’rish, umumiy mo’l-ko’llik va sevinchga alomatdir.

Quyoshning o’zini kuydirayotganini ko’rish, davlat tasarrufi yoki bir davlat xizmatchisidan keladigan zararga ishoradir.

Quyoshning uyingizga yorqin nur sochayotganini ko’rish; qarindoshlaringizdan bir qizga talabgor bo’lishingizga…

Bulut yoki biror narsaning Quyosh nurini to’sganini ko’rish; odamlar orasida so’zi o’tadigan kishi bilan yaqinlik o’rnatishingizga, lekin ahvolingizning yomonlashishiga…

Qoraygan Quyoshning yorishib ketganini ko’rish; hukm sohibi kimsa kasallanishiga, lekin kasallikdan tezda qutulishiga…

Quyoshning yorishib ketganini ko’rish; bir ayb yoki gunohning oshkor bo’lishiga…

Ruyoda quyosh, Oy va yulduzlarning bir joyda to’planganlarini ko’rish, ularning hammasini tutib olish va nurlarini olish; dunyoga hukmron bo’ladigan va barcha hukmdorlarni o’ziga bo’ysindirdadigan hukmdorga…

Quyoshni tilla yorqinligida chiqayotganini ko’rish; juda chiroyli hodisa bilan uchrashishingizga…

Quyoshning qizil holatda chiqishini ko’rish; qattiq to’qnashuv bilan uchrashishingizga va bu to’qnashuvga chek qo’yishingiz kerakligiga…

Quyoshni ochiq havoda porlayotganini ko’rish; yaxshi va xush vaqt o’tkazishingizga…

Quyoshni osmonda qizil holatda ko’rish; qiyin kunlarni kechirishiyizga…

Quyoshning xonangizga nur sochayotganini ko’rish; uyda yaxshi vaqt kechirishiyizga…

Quyoshning suvdagi aksini ko’rish; soxta baxtni boshdan kechirishiyizga yoki bo’sh va’daga duch kelishiyizga…

Quyoshni bulutlarning orqasiga kirayotganini ko’rish; vaqtinchalik tashvish chekishiyizga…

Quyoshning o’ngga-so’lga ketib-kelayotganini yoki tushib-qolayotganini ko’rish; yaqin orada bir fojiaga duch kelishingizga ishoradir.

Quyoshga egalik qilish, uning ustida bo’lish, uni quchoqlash va shunga o’xshash ruyolar, davlat va davlat odamlari bilan tuziladigan foydali aloqaga, foydali munosabatga va shu nisbatda jiddiy javobgarliklarni o’z zimmangizga olishga ishoradir.

Quyosh bilan gaplashish, mansab va rutbaga ishoradir.

Ruyoda quyoshning silkina boshlaganini ko’rish, davlat boshqaruvida zaiflik yuzaga kelishiga, davlatni boshqaruvchilarning jiddiy bir holat bilan yuzlashishiga ishoradir.

Quyoshning g’arbdan chiqishini ko’rish, aybdor bir ish qilishga, katta hodisalarning xabarchisi bo’lgan bir alomatning yuzaga chiqishiga ishoradir. Ba’zan quyoshning g’arbdan chiqishini ko’rish, hayratlanarli bir holatning boshga kelishiga ishdir.

Quyoshning botgandan keyin yana chiqishini ko’rish, umid uzilgan ishda muvaffaqiyatga ishoradir. Agar quyoshning botganini ko’rgan bo’lsangiz, ba’zi qarorlar qabul qilishdan oldin juda yaxshi o’ylab ko’rishingiz kerak. Quyoshning yorqin chiqib, g’arbdan yana yorqin botishi, o’sha hudud odamlari uchun xayrga ishoradir.

Quyoshning osmondan tushib yoniga kelganini yoki shaxsan quyoshning yoniga borganini ko’rish, davlat rahbariga yaqin bo’lishga ishoradir.

Quyoshning kattalashib, yorqinligining ortganini ko’rish, davlatning kuchiga, ko’p molga va dunyolikka ishorat. Quyoshning osmonda aylanganini ko’rish, davlat yoki hukumat rahbarining ozod va kuchli hokimiyatiga ishoradir.

Kun botishi; bir umrning oqshomlashgan vaqtiga ishoradir. Kechagi quyosh botishini tomosha qilish, achchiq-chuchuk sevinchlarga ishoradir.

Quyoshda yonib, soyaga kelib o’sha yerga o’tirganini ko’rish, g’am va qayg’udan qutulishga ishoradir.

Ruyoda soyada sovqotib, quyoshning ostiga borib isinganni ko’rish, yo’qchilikdan qutulishga ishoradir.

Bir kishi ruyoda quyoshning o’zini kuydirayotganini ko’rsa, tush ko’rgan kishining bir olis sevgi bilan bog’lanib qolishiga hukm qilinadi. Agar homilador bir ayol ruyoda quyosh nurlarining qorniga tushayotganini ko’rsa, tush ko’rgan kishining bir o’g’il tug’ishiga va bu farzandning ularga sharaf keltirishiga ta’bir qilinadi. Agarda quyoshni yulduzlar bilan birga ko’rsa, tush ko’rgan kishining dushmanlariga qarshi ustunlikka erishishiga ishoradir. Ba’zan esa tush ko’rgan kishining katta tashvishlar bilan yuzlashishiga ta’bir qilinadi.

Ruyoda quyosh ko’rish, o’g’il farzand tug’ilishiga; bir ayolning ruyosida quyoshni ko’tarishi uning turmush qurishiga ishoradir.

Davlat rahbari, xalifa, ota, mol, mulk chiroyli ayolga, Mo’l-ko’llik va barakaga, hayotni davom ettiruvchi asosiy sabab va unsurlarga, Quyoshning uyda chiqishini ko’rish qarindoshdan biri bilan turmush qurishga, Quyoshning yer yuziga inishi, boshqaruvdan xalqning manfaat ko’rishiga, Quyoshning kuydirishi davlatning tasarrufi yoki bir xizmatchisidan keladigan zararga, Quyosh nurlarining hamma joyni qoplamasi umumiy mo’l-ko’llik va sevincga, , Quyoshning tushishi musibatga, G’arbdan chiqishi aybdor bir ish qilish yoki katta hodisalarni xabar beruvchi bir alomatga, Quyoshning yorqin chiqib, g’arbdan yana yorqin botishi o’sha hudud odamlari uchun xayrga, Quyosh botishi, bir umrning oqshomlashgan vaqtiga, Kechagi quyosh botishini sey qilib turish achchiq-chuchuk sevinchlarga, Quyosh ba’zan kuch va quvvatni yonida zulm va g’azabni ham olgan kimsaaga dalolat qiladi.


πŸ’­ Boshqa tush ta’birlari: Tush ta’biri lug’ati
πŸ“’ @uzbek_burjlar | πŸ€– @uzbek_burjlar_bot

Rate article
Add a comment