Tushda terlash nimani anglatadi?

9412 tush ta'biri Tush ta'biri

🌙 Tushda terlash nimani anglatadi?

Tushda terlash, bemor uchun shifodir, sog’lom kishining tushida terlash, bir xizmat yoki hunar sababli unga yuz beradigan mashaqqatdir.

Tushda terlaganingizni ko’rsangiz, bir qancha mashaqqatlaringizdan tezda qutulasiz. Bu tush, obro’li bo’lishingiz ma’nosini ham bildiradi.

Tushda terlash dunyoviy bir zararga ta’bir qilinadi. Abu Said El Vaizga ko’ra, ter ichida qolganining istagi amalga oshadi. Oqayotgan ter yerga tushsa, zarar juda katta bo’ladi.

Peshanasidan ter oqayotganini ko’rgan, mehnati bilan istagiga erishadi. Qo’ltiq osti terining yomon hidlanishi, zinoga yoki vabo kasalligiga dalolat qiladi.

Ibn Shiringa ko’ra, badani terining oqayotganini ko’rgan molidan zarar ko’radi.

Terlab kiyimlarining ho’l bo’lganini ko’rgach, bolalari va oilasi uchun mol to’playdi.

Tushda terlash dunyoviy ziyon-zahmatga dalolat qiladi. Kimdir tushida normal tarzda terlaganini ko’rsa, o’sha kishining istagi amalga oshadi.

Tushda qo’ltiq ostida yuzaga kelgan terning yomon hidi, xalq uchun vabo kasalligiga, hokim va savdogarlar uchun, yomon nom chiqarib mol va boylikka erishishga dalolat qiladi.

Terning oq va xushbo’y bo’lishi halol molga, rangi buzilgan va yomon hidli bo’lishi esa harom molga dalolat qiladi.

Tushda terlash, moldir. Shu sababdan kimdir tushida badani terining oqayotganini ko’rsa, o’sha kishining ter miqdori mol ketadi. Ba’zan esa tush ko’rgan kishining tushida ko’rgan teri duch keladigan qiyinchilikka dalolat qiladi.

Kirmaniyga ko’ra, terlaganini ko’rish, istakli kishi uchun ishining bo’lishiga, bemor uchun yaxshilikka, faqir uchun boylikka, boy uchun mashaqqat va aziyatga, savdogar va hunarmand uchun qiynalib daromadga ishora qiladi.

Tushda xushbo’y ter ko’rishda zarar yo’qdir. Yomon hidli ter esa xayrga ta’bir qilinmaydi.

Bir bemorning terlaganini ko’rish, uning tuzalishiga dalolat qiladi.

Ba’zilari, tushda terlash hayotga, bir rivoyatga ko’ra mashaqqat va charchoqqa dalolat qiladi, deyishgan.

Abdul G’aniiy Nablusiyga ko’ra; tushda istagan holda terlash, bemor uchun tuzalishga, mashaqqatda bo’lgan uchun mo’l-ko’lchilik va kenglikka; charchoq yoki kasallik ta’siri bilan terlash, bemorning sog’lig’iga; sog’lom odam uchun mashaqqatli xizmat va hunarga ishora qiladi.

Badani har tomonidan ter chiqib oqayotganini ko’rgan, molidan yo’qotadi.

Ba’zilariga ko’ra: tushda terlash charchoqqa ham dalolat qiladi.

Tushda kimningdir teridan o’ziga yuqqanini ko’rgan, o’sha odamdan xayr ko’radi va qo’liga o’sha odamning molidan o’tadi.

Terlaganini ko’rgan, ba’zan zararga uchraydi. Ba’zilariga ko’ra, eti yeyiladigan hayvonning teri halol mol, yeyilmaydigan hayvon teri harom mol bilan ta’bir qilinadi.

Bir hayvonning terlaganini ko’rish, ikki jihatdan ta’bir qilinadi: Charchoq va qiyinchilik, mol va manfaat.

Sog’lom kishining terlash, bir ish va xizmat sababli mashaqqatga tushishiga; Bemorning terlash, agar terlashni keltirib chiqargan kasallik bo’lsa shifoga, Terlash, uni istamayotgan uchun o’lim teriga, Ter dunyo mashaqqatlariga va insonni uradigan har qanday holatga; Ter ba’zan molga dalolat qiladi.


💭 Boshqa tush ta’birlari: Tush ta’biri lug’ati
📢 @uzbek_burjlar | 🤖 @uzbek_burjlar_bot

Rate article
Add a comment