🌙 Tushda to’lqinli dengizni ko’rish nimani anglatadi?
1. Tushda to’lqinli dengiz ko’rish — safar davomida qo’rquv va zo’ravonlikka duch kelishga yoyiladi. To’lqinli dengiz — qiynalib o’tadigan safar uchun oldindan olinadigan ehtiyot choralariga, to’lqinlarning qirg’oqqa urilishi esa — uzoqlardan keladigan nasibaga degan ma’noni bildiradi. Dengizda to’lqinlarning ko’tarilishi — xalqning qilgan gunohlariga; hamma yoqdan to’lqin kelishi esa — qiynalish demakdir. Kema bilan birga to’lqinlar orasida cho’kish — ba’zi xatolaringiz tufayli qiyin kunlarni boshdan kechirishga dalolat qiladi.
Bu tushni ko’rgan kishini kutayotgan qiyin hayotni ifodalaydi. Tushda dengizda to’lqinlar bilan kurashish — oldingizda turgan juda muhim imkoniyatni baholash va ko’tarilish degan ma’noni bildiradi. Umuman olganda, tushda to’lqinli dengiz ko’rish — muvaffaqiyat qiyinchiliklar va kurashlardan so’ng kelishini bildiradi. Turmushga chiqmagan kishi bu tushni ko’rsa, sevgi hayotida ba’zi muammolar yuzaga kelishiga ishoradir. Ba’zan esa tushda to’lqinli dengiz ko’rish — salbiy holatlar yuzaga kelmasligi uchun juda ko’p sa’y-harakat sarflanishi kerakligini bildiradi. Moddiy jihatdan ehtiyot choralarini ko’rish kerakligiga yoyiladi. To’lqinli okeanda ba’zi qiyinchiliklar bashorati bor. To’lqinli dengizda suzish yaxshidir. Bu tush ko’p pul topish degan ma’noni anglatadi. Ba’zi talqin qildaguvchilar tushda to’lqinli dengiz ko’rish — baxtga erishish uchun ba’zi qiyinchiliklarni yengib o’tish kerakligini bildiradi. Baxtning ba’zi qiyinchiliklarni yengib o’tishdan so’ng yuzaga kelishini bildiradi. Tushda kichik dengiz to’lqini — qisqa muddat davom etadigan mayda-chuyda muammolar yuzaga kelishiga yoyiladi. Tushda dengizdagi to’lqinlarning bir-biriga urilishini ko’rish — safar davomida zo’ravonlik va qo’rquvga ishoradir. Dengizni sof, xotirjam, tekis va to’lqinsiz ko’rish — adolatli boshliqqa, to’lqinli va shovqinli ko’rish — zolim boshliqqa ishoradir. Dengizning toshib ketishi, to’lqinlarining bir-biriga urilishi — safarda zo’ravonlik va qo’rquvga yoyiladi. Tushda to’lqinli dengiz ko’rish: dengizning to’lqinlanib aralashishi va havo qorayishi — yolg’onning ko’payishiga, isyonga; dengizdan yeyiladigan narsalar chiqarish — halol rizq topish demakdir. Dengizning toshib to’lqinlarining bir-biriga urilishini ko’rish — safarda qo’rquv, zo’ravonlikka ishoradir. Baxtning, qiynalishlardan keyin kelishiga yoyiladi. Yuzaga keladigan qiyinchiliklardan so’ng tush ko’rgan kishi baxtga erishishiga ishoradir. To’lqin Ovozini Tinglash: Tushda uzoqdan kelayotgan to’lqin ovozlarini tinglash — yolg’iz hayot kechirishga ishoradir. Tushda Xotirjam dengiz — muvaffaqiyat va baxtga yoyiladi.
💭 Boshqa tush ta’birlari: Tush ta’biri lug’ati
📢 @uzbek_burjlar | 🤖 @uzbek_burjlar_bot
Bu tushni qaysi burjlar ko’rishi mumkin?
Ushbu tush Baliq (Hut) ♓ | Qisqichbaqa (Saraton) ♋ | O’qotar (Qavs) ♐ burjlari uchun alohida ahamiyatga ega. Bugungi bashoratni ko’ring:
Qo’y (Hamal) ♈ Buzoq (Savr) ♉ Egizaklar (Javzo) ♊ Qisqichbaqa (Saraton) ♋ Arslon (Asad) ♌ Parizod (Sunbula) ♍ Tarozi (Mezon) ♎ Chayon (Aqrab) ♏ O’qotar (Qavs) ♐ Tog’ echkisi (Jadiy) ♑ Qovg’a (Dalv) ♒ Baliq (Hut) ♓







