π Tushda Yaylov (mayda o’tloq) ko’rish
Suvli yaylov va maysazor Islom dini va bu dinga ergashish bilan erishiladigan dunyo va oxirat saodatiga, Har xil yashillik dunyo ne’matlari va oxirat go’zalligiga; Qur’oni karimni o’qib, unga amal qilishga, ilm o’rganishga, O’likning bir yashillikda ko’rilishi uning Jannatda ekanligiga dalolat qiladi.
Imom Nablusiy aytadi: Tushda maysani ko’rish baxtdir. Tushda bog’ingizni maysazorga aylantirganingizni ko’rish, zahmat va aziyatsiz daromad topishga, uy ahliga rohat va xotirjam kunlarni hadya etishga dalolat qiladi. Bog’ingizning hamma joyiga turli maysalar va gullar ekkaningizni, toklar bilan bezaganingizni ko’rish, dunyo ne’matlarining hamma turidan uy-ro’zg’oringizni bezashga va farzandlaringiz bilan Vatan sevishni singdirish va oilaviy rishtalarni mustahkamlash uchun qo’lingizdan kelganicha harakat qilishga ishoradir. Yaylov va maysa Islomning asoslari deb ta’bir qilinadi. Shu nuqtai nazardan, tushida bog’ini maysa bilan bezaganini ko’rish, qalbini Islomning nurlari bilan to’ldirganiga dalildir. Katta bir daladan turli o’tlar va yovvoyi gullar to’plaganini ko’rish Islomning har turli ma’naviy ne’matlaridan bahramand bo’lganiga va o’zini oxirat yo’lining shartlariga tayyorlaganiga dalolat beradi. Moddiy dunyoda ham o’sha kishi barcha dunyo ne’matlaridan bahramand bo’ladi. Agar faqir bo’lsa, boy bo’ladi, agar boy bo’lsa, mol-davlati ortadi, farzandlari solih, yaxshi farzandlar bo’lib ulg’ayishadi. Ota-onalariga itoatli va Vatan uchun foydali bo’lishadi. Bu tush egasi umr bo’yi kasallik nimaligini bilmaydi. Qiyinchilik va yo’qchilik ko’rmaydi, uning bu baxti butun oilasini ham shunchalik baxtli va sog’lom qiladi. Tushda yaylov maysalarini ko’rish, shunday qimmatli belgidir. Barcha ta’birchilar bu tushning bunday qimmatli bo’lishida birlashganlar. Chunki yaylov va maysa ham ayni paytda jannatning ziynati va bezagidan dunyoga aks etgan bir namuna. Tushda maysani ko’rish, dunyo ne’matiga ishoradir. Tushida maysalarga yotganini ko’rish, agar savdogar bo’lsa, ko’p daromadga, agar xizmatchi bo’lsa, lavozimga ko’tarilishiga, agar bemor bo’lsa, tuzalishiga, agar sayyoh bo’lsa va yo’lda yo’ldoshi bo’lsa, qaytishiga yoki safarga chiqishiga, oddiy xalqdan bo’lsa, ishlarining yaxshilanishiga, agar faqir bo’lsa, ahvoli va vaqtining yaxshilanishiga dalolat qiladi. Tushda maysali sahoda kezib yurganingizni ko’rish, ichingizda ko’tarayotgan bir hissning yana yasharishiga va umidlaringiz tez orada haqiqat bo’lishiga talqin qilinadi. Tushda yaylov joyini ko’rish, zahmat chekilmay erishiladigan rizqga yoki xotinga yoki ma’naviy ilmga yoki davom etayotgan sadaqaga ishoradir. Turli yashil o’tlar, gullar va yaylovlar dunyoga va molga ishoradir. Ba’zan ham yaylov, xazina va bozor kabi dunyo molini erishiladigan joyga ishoradir. Ba’zan yaylov ko’rish, Islomga ishoradir. Tushda yaylov yoki o’tloq yerda o’t yig’ayotganini yoki yeyotganini ko’rgan kishining holiga qaraydilar, agar o’sha kishi faqir bo’lsa, boy bo’ladi. Agar boy bo’lsa, boyligi ortadi. Agar dunyodan ko’ngli uzgan va taqvo yo’lini tanlagan kishi bo’lsa, dunyo ziynatlariga aldanadi va yana unga moyil bo’lib eski holiga qaytadi. Tushda bir yaylovdan boshqa bir yaylovga o’tganini ko’rgan kishi, dunyoviy arzusi bilan bir bozordan boshqa bir bozarga va bir kasbdan boshqa bir kasbga o’tadi.
π Boshqa tush ta’birlari: Tush ta’biri lug’ati
π’ @uzbek_burjlar | π€ @uzbek_burjlar_bot
Bu tushni qaysi burjlar ko’rishi mumkin?
Ushbu tush Baliq (Hut) β | Qisqichbaqa (Saraton) β | O’qotar (Qavs) β burjlari uchun alohida ahamiyatga ega. Bugungi bashoratni ko’ring:
Qo’y (Hamal) β Buzoq (Savr) β Egizaklar (Javzo) β Qisqichbaqa (Saraton) β Arslon (Asad) β Parizod (Sunbula) β Tarozi (Mezon) β Chayon (Aqrab) β O’qotar (Qavs) β Tog’ echkisi (Jadiy) β Qovg’a (Dalv) β Baliq (Hut) β







