🌙 Tushda yer ko’rish
Tushda ko’rilgan joyning ta’biri, o’sha joyning sharaf va qobiliyatiga, modda va mohiyatiga qarab bo’ladi. Mahshar joyini ko’rish, sirlarni yashirishga, faqirlikdan keyin boylikka, qo’rquvdan xavfsizlikka va va’dani ado etishga ishoradir. Ba’zan go’zal va turmushga chiqmagan ayolga, nasibasi oz bo’lgan katta martabaga, hidoyat va tavbaga ishoradir. Ekiladigan yer ko’rish, o’sha erni ekilishi va biçilishi, ziroatiga va hosiliga, mo’lligiga, qurg’oqchiligiga, ziroat asboblariga va dehqonchilikka va o’sha erni odatda bitadigan narsalarga va xushbo’y o’simliklarga ishoradir. Bilinmagan joyni ko’rish, onaga, farzandga, er va ayolga, hamkorga va xavfsiz merosga, uy va hayvon kabi mulki bo’lgan narsalarga; ko’rpa, gilam, to’shak va kigiz kabi ustida o’tiradigan narsalarga ishoradir. Yer, zinokorlarning, fohishalarning va fasiklarning uylariga va har xil o’yinlariga ishoradir. Yer, so’z tashib, bo’htanchi va sir yashirmaydigan ayolga ishoradir. Yer, kurash va dushmanlik yoki ilm va go’zal va to’g’ri so’zlashga ishoradir. Yer dunyoga, osmon esa oxiratga ishoradir. Ba’zan yer va osmon, Allohdan boshqa hech kimni birlashtira olmaydigan qudratlarga ishoradir. Yerni yorilishini ko’rish, bid’atlarning, harom va yomon narsalarning oshkor bo’lishi bilan ta’bir qilinadi. Ba’zan esa yerni yorilishi, o’sha erni yaxshiligiga, barokatli va unumdor bo’lishiga ishoradir. Yerning, mavjud holidan uzun va keng bo’lishi, qamoqdagi kishining ozod qilinishiga, homilador ayolning tug’ishiga va rizqqa ishoradir. Agar kimdir o’zini bir cho’lga egalik qilayotganini ko’rsa, faqir yoki farzandsiz ayolga uylanadi. Ba’zan esa yer, saltanat egasi bo’lgan hukmdorga yoki o’lim va hayotga, rizqqa yoki o’sha yerda yaxshi-yomon ishlar qilgan kimsaga ishoradir. Bir yerga egalik qilayotganini ko’rgan, turmushga chiqmagan bo’lsa, uylanadi va farzandi bo’ladi, yoki birortasiga hamkor bo’ladi yoki molu sir-asrori bilan biror kimsaga xavfsizlik yaratadi yoki merosga erishadi, yoki bir uy ijaraga oladi yoki sotib oladi. Yoki bir minuvchi hayvon sotib oladi. Tush ko’rgan bemor bo’lsa, kasalligidan qutuladi va o’sha yerda rizqini oladi. Agar yer keng, manzarasi go’zal bo’lsa, tush ko’rgan kishining o’sha yerda qilgan amali go’zal bo’ladi. Agar yerda hayvon axlati va chirigan suyaklar va boshqa nopokliklar borligini ko’rsa, tush ko’rgan kishining o’sha yerda qilgan amali yomon bo’ladi. Yerning silkinishini ko’rish, homilador ayolning farzandini tushurishi bilan ta’bir qilinadi. Yerning, ustida bo’lgan narsalar bilan botishini ko’rish, Allohga itoatdan g’aflatda qolishga ishoradir. Agar yerning mis, jez, temir va toshga aylanganini ko’rsa, bu tush, ba’zan tush ko’rgan kishining xotinining qiyin tug’ishiga yoki o’sha kishi san’atidan boshqa bir san’atga o’tishiga, kazancidan boshqa rizqqa erishishiga yoki bir kon topishiga ishoradir. Yer yonib o’zini yutib yuborganini ko’rgan kishining tushi, uyatga va sabablarning kuchayishiga, ba’zan esa safarda bo’lishiga yoki qamoqqa olinishiga yoki aqldan ozishiga ishoradir.
💭 Boshqa tush ta’birlari: Tush ta’biri lug’ati
📢 @uzbek_burjlar | 🤖 @uzbek_burjlar_bot
Bu tushni qaysi burjlar ko’rishi mumkin?
Ushbu tush Chayon (Aqrab) ♏ | Arslon (Asad) ♌ | Buzoq (Savr) ♉ burjlari uchun alohida ahamiyatga ega. Bugungi bashoratni ko’ring:
Qo’y (Hamal) ♈ Buzoq (Savr) ♉ Egizaklar (Javzo) ♊ Qisqichbaqa (Saraton) ♋ Arslon (Asad) ♌ Parizod (Sunbula) ♍ Tarozi (Mezon) ♎ Chayon (Aqrab) ♏ O’qotar (Qavs) ♐ Tog’ echkisi (Jadiy) ♑ Qovg’a (Dalv) ♒ Baliq (Hut) ♓







