Tushda yong’in ko’rish

tush 9984 tush ta'biri Tush ta'biri

🌙 Tushda yong’in ko’rish

**Olov ko’rish**
Tushingizda olov ko’rish, bir necha usulda ta’bir qilinadi. Tushingizda olov ko’rish, uzoqdan sizni xavotirga soladigan xabar olishingizga ta’bir. Tushda ko’rilgan olov, qayg’uli xabardir. Olov uy-joyning buzilishiga, zarar ko’rishga, parishon bo’lishga, isitma bilan bog’liq kasallikka ta’bir qilinadi.

Umuman olganda tushingizda olov hayajonli, ajablantiradigan xabarlar ma’nosida. Agar kishi tushida olovda o’z uyining yonayotganini ko’rsa, ishlarida katta zarar ko’radi va sog’lig’i yomonlashadi demakdir. Chiqqan olov sababli buyumlarining yonayotganini ko’rgan kishi qo’l urgan har bir ishida muvaffaqiyatli bo’ladi.

Tushingizda olov chiqishini ko’rish, yomon so’zga, pushaymonlikka, rahnamolarning zulmiga, janjalga, fitna va xarobaga, g’iybatga, dushmanlikka, janjalga, yomon ahvol yoki urushga ham ishora.

Ba’zi tush ta’birchilari fikriga ko’ra tushingizda olov ko’rish, mol-mulk va buyumlarga keladigan zarar hamda kasallikka, qayg’u va alamga ishora qilmoqda. Tushda olov tutunini ko’rish sevib, azob chekishga ta’bir qilinadi. Tushda chiqqan olovda uyining yonishi tirikchilik tashvishiga, ba’zan esa, sevgilining tark etishiga, dahshatli tuhmatga uchrash shaklida ta’bir qilinadi.

Tushingizda ko’rilgan olovdan qora tutun chiqsa, bu tush, katta tashvish demakdir. Tushingizda ko’rgan olovda faqat alanga ko’rinsa, boy bo’lishga ishora qilinadi.

Tushingizda ko’rgan tush jarayonida agar tush egasi yonmasa bu tush, boylikning ishorasi. Agar olovda tush egasi yonsa bu zararga kirishingiz mumkinligining ishorasi.

Olovda tutun ko’rilsa, hammamnnig ishiga tegishli bir muammo. Ammo alanga chiqishini ko’rish juda muhim nasibdir. O’rmon olovi ko’rish esa ocharchilikka ishora.

Tushingizda olov vahimasi yashab, yomg’ir (o’zgarish) bilan yoningizga kelmaganingizcha, bu boylik va baxtli oilaviy hayotning ramzidir. Agar yonsangiz, noto’g’ri harakatlaringizdan zarar ko’rasiz.

Agar tushingizda uyingiz yonsa, sizni sevuvchi va hurmat qiluvchi juft va itoatkor farzandlar ko’rasiz. Juda katta olov ko’rish ishbilarmonlar uchun cheksiz muvaffaqiyat va pul, san’atkorlar uchun sharaf va daromadini dengizdan ta’minlovchilar uchun esa foydali sayohat ma’nosini anglatadi.

Ba’zan tushingizda olov ko’rish, qarindoshlardan biri sababli zarar ko’rishga hamda ishonchli bir kishining xoinligiga duch kelishga dalolat.

Olov tushi, fitna va xarobaga, pushaymonlikka, g’iybatga, yomon so’zga, rahnamolarning zulmiga, dushmanlikka, janjalga, yomon ahvol yoki urushga ham ishora.

Ba’zan tushingizda olov ko’rish, xavotir va qo’rquvga, epidemik kasalliklarga, balo va musibatlarga va harom molga ishora.

Tushingizda ko’rilgan olov, qayg’uli xabarga olib keladi. Ba’zan zarar ko’rishga, uy-joyning buzilishiga; ba’zan esa parishon bo’lishga, isitma bilan bog’liq kasallikka ta’bir qilinadi. Ba’zan sevib, azob chekishga, tirikchilik tashvishiga, ba’zan esa, sevgilining tark etishiga, dahshatli tuhmatga uchrashga ishora sanaladi.

Tushingizda uzoq bir joyda olov ko’rish, hayajonli, ajablantiradigan xabarlar olishga ishoradir. Ba’zi ta’birchilar esa, zinoga, jahannam azobiga ishora qilishgan.

Uyingizda olov chiqqanini ko’rish, zo’ravonlar tomonidan molingizning olinishiga ishora. Agar uyida olov chiqqanini ko’rsa, tush egasining moliga zo’ravonlar tomonidan el qo’yilishiga ta’bir qilinadi.

Olov yonganini va olov chiqqanini ko’rish, ishonchli bir kishining yomonligi bilan duch kelishga ishora.

Tushingizda olov boshlanishi, olov ko’rilgan o’sha yerda bir musibat yuz berishiga ishora.

Sotuvchi va mijozlar bilan to’la bozor olov chiqqanini ko’rish, hammamnnig foydali chiqadigan savdoga va bozor ahlining bir-birlari bilan bo’lgan munosabatlarining go’zalligiga ishora.

Tushingizda ferma (xo’jalik) yonayotganini ko’rish, tush egasining katta tuhmatga qurbon ketishiga ta’bir qilinadi. Agar olov o’chsa, tush egasining tuhmatdan zarar ko’rmasligiga hukm qilinadi.

Tushingizda olov o’chirish, tashvishdan qutulib, xotirjamlik topish va qarshi tomondan keladigan yaxshilikka ishora qilinadi. Olov o’chirish ba’zan yangi sevgini bildiradi. Ba’zan esa, tugagan sevgi alomati sanaladi.

Kimdir tushida yongan olovni o’chirayotganini ko’rsa, yuz beradigan bir fitnani oldini olishga ishora. Tushida olov o’chrayotgan kishi mo’l daromad topadi va chekkan tashvishining tugashiga ishoradir.

Tushingizda olov o’chirish ba’zi vaqtda yomonlikni qo’zg’atishga dalolat qiladi. Chunki olov o’chayotganda kuli va tutuni yuqoriga ko’tariladi va bir holat yuzaga keladi.

Tushingizda qora tutunlar chiqarayotgan olov ko’rish; tashvishga tushishga, olovdan oq tutun chiqayotgan bo’lsa, tashvishlardan qutulishga, tushingizda yonganini ko’rish; kelayotgan yomon xabarga, o’rmon va ekinlar va hokazo. yonayotganini ko’rish; falokatga, uyingiz yonayotganini ko’rish; harom daromad topishingizga, yomonliklarga uchrashingizga ishora.

Tushingizda fabrika olovi ko’rish, odatda yaqin orada katta yaxshilik qilishingizga dalolat qiladi. Tushingizda katta fabrikada portlash va olov chiqishini ko’rish, katta daromad olishingizga ishora. Olov jarayonida alanga yoki qizg’in olov ko’rish esa, odatda qiyin kunlarning ortda qolishiga, bo’lgan tashvishlar va azob-uqubatlarning tugashiga olib keladi. Shu sababli, bu tush odatda ijobiy o’zgarishlar va rivojlanishlarning bashoratchisi sifatida ta’bir qilinadi.


💭 Boshqa tush ta’birlari: Tush ta’biri lug’ati
📢 @uzbek_burjlar | 🤖 @uzbek_burjlar_bot

Rate article
Add a comment