Tushda Zino ko’rish

🌙 Tushda Zino ko’rish

Ruyoda zino qilayotganini ko’rish; ba’zi talqinchilarga ko’ra; uzoq muddat baxtli va xotirjam hayot kechirishiga, ba’zilariga ko’ra esa xoinlikka uchrashiga ishoradir.

Ruyoda zino qilish xoinlikka ishoradir. Shu sababli bir kishi zino qilayotganini ko’rsa, xoinlik qiladi. Ruyoda zino qilish o’g’rilikka ishoradir. Bir kishi ruyoda zino qilayotgan ayolning unga tomon yo’nalganini va nafsidan istagini so’raganini ko’rsa o’sha kishi harom molga erishadi. Go’zal va yosh bir ayol bilan zino qilganini ko’rgan kishi molini, saqlanadigan joyga qo’yadi. Bir kishi tanigan kishining xotini bilan zino qilganini ko’rsa, o’sha kishining molidan biror narsa oladi. Ruyoda zino qilganini ko’rgan kishi hajga boradi. Bir kishi ruyoda bir erkak bilan bir ayolning birga ekanini ko’rsa, o’sha ayolning eridan dunyoviy talab qiladi. Bir kishi ruyoda yosh bir ayol bilan o’ynashayotganini ko’rsa, ko’zga ko’rinmas joyda molini yo’qotadi. Zino qilayotgan bir ayol bilan zino qilganini ko’rgan kishi, yomonlik va fitnaga tushadi. Bir kishi boshqasining xotini bilan tunaganini, holbuki o’z xotini ham ular bilan birga bo’lganini va bu holatni man etadigan biror narsa demaganini ko’rsa, eri o’sha kishini uyining ishlari uchun vakil tayin qiladi.


💭 Boshqa tush ta’birlari: Tush ta’biri lug’ati
📢 @uzbek_burjlar | 🤖 @uzbek_burjlar_bot

Rate article
Add a comment