π Tushda zurraga (kabutar) so’yishni ko’rish
Ruyoda urg’ochi kaptar va qo’y kabi bir hayvonni so’yganini ko’rish, turmush qurish bilan ham ta’bir qilinadi. Ruyoda kaptarni so’ygan kishi bekor bo’lsa turmush qurishiga ishoradir. Turmush qurgan bo’lsa ishlarining tartibga kirishiga, boylikka, rizqga, molga va baxtga ishoradir.
Ruyoda ko’rilgan kaptar, ishonchli, sodiq do’st va sevgilidir. Ba’zan esa, kaptar, sirlarni yod olgan oilasi uchun mashaqqat va azoblarga chidagan begunoh ayollarga ishoradir.
Ibn Sirin rahmatullohu alayhning: Kaptar ko’rish uzoqdan keladigan xabarga ishoradir, degan rivoyati bor.
Ba’zi ta’birchilar, ruyoda kaptar ko’rgan kishining barcha orzulari Alloh (j.j.) tomonidan bajariladi, dedilar.
Uyida kaptar bo’lganini ko’rgan kishi, bekor bo’lsa, o’z xarakteriga mos sevimliva chiroyli qiz bilan turmush quradi. Kaptarning o’zi ustiga sakraganini ko’rgan kishi, sevinch, xursandchilik va ne’matga ishoradir.
Aytilganlarki, ruyoda kaptar bo’lganini ko’rgan kishi, dushmanining molini yeydi, kaptar, yuzaga keladigan xabar va maktubdir.
Kirmaniy rahmatullohu alayhning ta’biricha; ruyoda kaptar ko’rish, ayol-erkak juftlik bilan ta’bir qilinadi. Unga bir kaptar hadya qilinganini ko’rgan, uzoq bir joydan yaxshi xabar oladi. Bir kaptarga o’q otganini ko’rgan, biror kimsaga tuhmat qiladi.
Biror kimsaga kaptar go’shti yuborganini ko’rganining qo’liga ko’p mol va pul o’tadi. Unga bir kaptar uchib kelganini ko’rgan, uzoq bir joydan xayrli xabar keladi.
Kaptarlarda oq eng yaxshisidir. Unga bir qora kaptar kelganini ko’rganining gurbatda odami bo’lsa keladi, yo’qsa bir mehmomi keladi.
Bir shahar kaptarini ovlaganini ko’rgan, bir ayol tufayli g’iybatga uchraydi. Oq kaptar ovlaganini ko’rgan baxtli bo’ladi. Boshi yoki yelkasiga yoki bo’yniga bir kaptarning qo’nganligi, tush ko’rgan kishining yaxshi va bilimdon odam ekanligiga dalolat qiladi.
Agar kaptar qora va to’q rangli bo’lsa, qilgan ishlari muvaffaqiyatsiz, oq bo’lsa muvaffaqiyatli bo’lishiga ishoradir. Ko’p kaptarlari bo’lganini ko’rgan, bir jamiyatga bosh (rahbar) bo’ladi.
Uydan bir kaptarning uchib ketganini ko’rish, xotinidan yoki eridan ajralishiga dalolat qiladi. Uyining tomiga, bog’dagi daraxtga, deraza oldiga bir kaptarning qo’nganligini ko’rish, uzoqdan bir mehmoni kelishiga dalildir.
Ko’p kaptarlarning uyiga kelib-ketayotganini ko’rganining farzandlari, obro’si va mehmonsuvligi ko’p bo’ladi. Kaptarlar bilan o’ynayotganini ko’rgan botil bilan shug’ullanadi.
Ruyosida kaptar ovlash uchun yerga bug’doy sochganini ko’rgan, xalqni isyonga undaydi. Bir kaptarning qanotini yulganini yoki kesganini ko’rish, juftining uydan ketishiga to’sqinlik qilishiga dalolat qiladi. Kaptar go’shti moldir. Ruyoda kumru ko’rish ham kaptar kabi ta’bir qilinadi.
π Boshqa tush ta’birlari: Tush ta’biri lug’ati
π’ @uzbek_burjlar | π€ @uzbek_burjlar_bot
Bu tushni qaysi burjlar ko’rishi mumkin?
Ushbu tush Buzoq (Savr) β | Qisqichbaqa (Saraton) β | Tog’ echkisi (Jadiy) β burjlari uchun alohida ahamiyatga ega. Bugungi bashoratni ko’ring:
Qo’y (Hamal) β Buzoq (Savr) β Egizaklar (Javzo) β Qisqichbaqa (Saraton) β Arslon (Asad) β Parizod (Sunbula) β Tarozi (Mezon) β Chayon (Aqrab) β O’qotar (Qavs) β Tog’ echkisi (Jadiy) β Qovg’a (Dalv) β Baliq (Hut) β







