19-asrda anestetik gazlar kashf etilguniga qadar bemorning dahshatli og‘riqlari tufayli yetarli jarrohlik muolajalari qilinmas edi. Bemorlar hushyor holda, qo‘l-oyoqlari bog‘langan holda operatsiya qilinardi. Anesteziya kashfiyoti jarrohlikda katta burilish yasadi va ko‘plab operatsiyalar bajarila boshlandi.Bugungi kunda anesteziya amaliyotlari zamonaviy, samarali va ishonchli tarzda amalga oshirilmoqda.
Bazekol tibbiyot markazida anesteziya va reanimatsiya amaliyotlari, tajribali shifokorlar va texnik xodimlar tomonidan, eng ishonchli jihozlar va dorilar yordamida ta’minlanadi. Anesteziya amaliyotlari,operatsiya xonasida anesteziya amaliyotlari, operatsiya xonasidan tashqari anesteziya amaliyotlari (endoskopiya, kolonoskopiya, MRT, yotoq boshida og‘riqli bog‘lashlar, biopsiya kabi kichik muolajalar) va intensiv terapiya amaliyotlari kabi uchta asosiy yo‘nalishda amalga oshiriladi. Xalq orasida oddiygina «narkoz» deb ataladigan anesteziya, jarrohlik yoki noxush og‘riqlarga qarshi sezgirlikni yo‘qotish bilan birga, qisman yoki to‘liq
ongsizlik (uyqu) holatining qaytariluvchan va boshqariladigan turidir.Bu holat optimal sharoitlarda tegishli uskunalar (anesteziya apparatlari va monitorlar) yordamida anesteziya dorilar bilan biz tomonidan ta’minlanadi.
Avvalo shuni aytishimiz kerakki, yangi tug‘ilganchaqaloqlardan tortib keksa yoshli bemorlargacha barchaga anesteziya berilishi mumkin. Har bir yosh guruhiga xos amaliyotlar har xil bo‘lishi tabiiy bo‘lgani kabi, bir yosh guruhida ham vazn, yo‘ldosh kasalliklar mavjudligi va muolaja davomiyligi shaxsga xos anesteziya amaliyotlarinitalab qiladi. Shu maqsadda, biz anesteziya qiladigan barcha bemorlar bilan oldindan suhbatlashib, talab qilingan tekshiruvlar bilan birga shaxsga mos anesteziya rejasi tuziladi va bemor hamda uning yaqinlari xabardor qilinadi. Bu suhbatning maqsadi shaxsda paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan hayajonni ham yo‘qotishdir.
Bemorlardan roziliklari (bemorga qo‘yilgan tashxis, qo‘llaniladigan davolash va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavflar haqida bemorni xabardor qilish va tibbiy muolaja uchun bemorning roziligini olish) albatta olinadi. Umuman olganda, barcha bemorlardan muolaja kuni oshqozonlari bo‘sh kelishlari, ortiqcha bo‘yanish yoki metall buyumlar olib kelmasliklari so‘raladi.
ANESTEZIYA VA REANIMATSIYA BO‘LIMI
Bizning anesteziya amaliyotlarimiz quyidagicha:
- Umumiy anesteziya (to‘liq uyqu holati)
- Sedatsiya (yarim uyqu holati)
- Mintaqaviy anesteziya
- Mahalliy anesteziya.
Umumiy anesteziya amaliyotlari, ko‘pincha biz qo‘llaydigan va xalq orasida narkoz deb ataladigan muolajadir. Bu majburiy (bolalar, bosh va bo‘yin operatsiyalari, laparoskopik operatsiyalar va uzoq davom etadigan operatsiyalar va h.k.) qo‘llanilishi mumkin bo‘lgani kabi, bemor va/yoki jarrohning xohishi bilan ham tanlanishi mumkin. Umuman olganda, tomir ichiga yuborish bilan boshlanadigan umumiy anesteziya amaliyotlari, kichik yosh guruhida maska bilan (shar shishirish deb tanilgan) beriladi. So‘ngra nazorat ostida tegishli apparatlar yordamida gaz shaklidagi anestetik dorilar saqlanib turiladi. Muolaja tugagach, anesteziya ham to‘xtatiladi.

Yuqorida aytib o‘tganimizdek, anesteziya amaliyotlari qaytariluvchan va nazorat qilinadi. Bemorlar yoshi va operatsiya davomiyligiga qarab, qisqa muddat uyg‘onish xonasida saqlanib, to‘liq hushiga kelganidan so‘ng o‘z palatasiga yuboriladi. Bu vaqt ichida hayotiy faoliyatlari optimallashtiriladi va erta davr og‘riqlarini davolash boshlanadi. Tez-tez bo‘lmasada, ko‘ngil aynishi, tomoq og‘rig‘i kabi yon ta’sirlar
yuzaga kelishi mumkin, ammo ular odatda uzoq davom etmaydi.
Mintaqaviy anesteziyada esa faqat operatsiya qilinadigan a’zoning butun qismi uxlatiladi, bemor operatsiya paytida og‘riq sezmaydi. Faqat tegishli nervga (periferik) yoki bel sohasidan igna bilan orqa miya yoki epidural sohaga (markaziy) dori yuborish orqali amalga oshiriladigan bu amaliyotlarda, bemorning ongi ochiq bo‘lsa-da, noxush his-tuyg‘ulardan xalos bo‘lishi uchun tomir ichiga tinchlantiruvchi dori beriladi. Muolajaning afzalligi shundaki, u hech qanday uyg‘onish vaqtini talab qilmaydi va uyushganlik operatsiyadan keyin bir necha soat davom etib, erta davr og‘riqlarining oldini oladi. Kamdan-kam hollarda 1-2 kun davom etadigan bosh og‘rig‘i bo‘lishi mumkin. Xalq
orasida «jasorat ignasi» deb ataladigan sedatsiya (tinchlantiruvchi),kichik muolajalarda va operatsiya xonasidan tashqari amaliyotlarda (endoskopiya, MRT va h.k.) afzal ko‘riladi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, buamaliyotlarda ham umumiy anesteziya prinsiplari (oshqozonning bo‘sh bo‘lishi kabi) asos hisoblanadi. Shuningdek, operatsiya xonasiga chiqadigan bemorlarimizga hayajonni bosish uchun ham beriladi (bolalarga oz miqdorda, og‘iz orqali beriladi).
Mahalliy anesteziyada esa faqat jarrohlik qilinadigan teri atrofi uxlatiladi va yana birga tinchlantiruvchi dori berilishi mumkin. Barcha bu prinsiplar alohida-alohida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgani kabi, operatsiya turiga qarab birlashtirilishi ham mumkin. Maxsus holatlarda operatsiyadan keyingi davrda tomir ichiga yoki epidural sohaga o‘rnatilgan sim shaklidagi kateter yordamida bemorga nazoratli anesteziya (PCA=BKA) bir necha kun davomida berilishi mumkin. Anesteziyaga bog‘liq asoratlar; zamonaviy dorilar, asbob-uskunalar va bemorni yaqindan kuzatish bilan ancha kamaygan bo‘lib, shifoxonamizda jahon o‘rtachalaridan ancha pastdir. Xalq orasida keng tarqalgan qo‘rquvlar odatda shahar afsonalaridan nariga o‘tmaydi.
Xulosa qilib aytganda, anesteziya bemorlarni operatsiyaga eng ideal sharoitlarda tayyorlash, operatsiya paytida va undan keyin ularning jismoniy holatini saqlab qolishga mas’ul tibbiyotning asosiy yo‘nalishlaridan biridir. Umumiy anesteziya odatda tomir ichiga yuborish bilan boshlanadi, kichik yosh guruhida esa maska (shar shishirish deb ataladi) orqali beriladi. Keyin tegishli apparatlar yordamida gazsimon anestetik dorilar nazorat ostida saqlanadi.
Xalq orasida «jasorat ignasi» deb ataladigan sedatsiya (tinchlantiruvchi),kichik muolajalarda va operatsiya xonasidan tashqari amaliyotlarda (endoskopiya, MRT va h.k.) afzal ko‘riladi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, bu amaliyotlarda ham umumiy anesteziya prinsiplari (oshqozonning bo‘sh bo‘lishi kabi) asos hisoblanadi.







